Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Shevchenko efir vaqtida yig‘lab yubordi

Shevchenko efir vaqtida yig‘lab yubordi

Baho:
+1 | -

Ukraina terma jamoasining sobiq ustozi Andriy Shevchenko Italiya televideniyesining jonli efirida yurtidagi urush haqida gapirib, ko‘z yoshlarini tutib tura olmadi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, vatanida sodir bo‘layotgan voqealar unga hamon dahshatli tushdek tuyuladi.

"Qarindoshlarim menga nima bo‘layotganini aytib berishadi. Bu men uyg‘onmoqchi bo‘lgan dahshatli tush. Shaharlar bombardimon qilinmoqda, ayollar, bolalar va qariyalar o‘ldirilmoqda.

Bu dahshatli tushga o‘xshaydi, ertaga men uyg‘onib, normal hayotga qaytaman shekilli, lekin bu sodir bo‘lmasligini tushunaman ... Bu haqiqat.

Ukraina Yevropaning bir qismi bo‘lishni xohlaydi, bu bizning xalqimizning qarori edi. Zelenskiy bizni erkinlik va mustaqillik sari yetaklovchi buyuk prezident", dedi Shevchenko Rai3 telekanaliga bergan intervyusida.

Kiritildi: 11:54, 08.03.2022.
O'qildi: 5453 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик