Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Davron Fayziyev: "Alamli g‘alaba"

Davron Fayziyev: "Alamli g‘alaba"

Baho:
+ | -

Taniqli jurnalist, sport sharhlovchisi Davron Fayziyev "Liverpul" - "Inter" o‘yini haqida fikr bildirdi.

"Alamli g‘alaba. Birinchi o‘yinda "Inter" 0:2 hisobida yutqazgan. Javob uchrashuvida ikkita urishi shart edi. Umumiy vaziyatlar bo‘yicha angliyaliklar ustunlik qilishdi. To‘p uch bor to‘singa tegdi. Taktik kurash bo‘lishi tabiiy edi. Ayniqsa hisobni ushlovchi "Liverpul" tomonidan.

2-taymda "Inter"da nimanidir o‘zgartirish uchun de Vrey o‘rniga D’Ambrozio tushdi. Baribir italiyaliklar ikkinchi raqam bo‘lib o‘ynashdi. Ana shunday vaziyatlardan birida to‘p "Liverpul"dan olib qo‘yildi. To‘rtta pas va Lautaro Martines jarima maydoni tashqarisidan to‘pni yuqori burchakka qadab qo‘ydi. Milanliklar qon isini sezib shiddat bilan oldinga tashlanishdi. Shiddat tushunchasi hammaga har xil ta’sir qilarkan. Goldan 1 daqiqa o‘tgach, Aleksis Sanches Fabinyoning oyog‘iga tashlandi. Sariq! Bor edi avval Sanchesda sariq. Qizil. Uning to‘lqinida "Inter" o‘rindig‘idan hakamga tashlangan yana kimdir xaydaldi. 10 kishi bo‘lib Enfildda 25-30 daqiqa faqat chidash mumkin, gol urish qiyin. Urolmadi "Inter" va turnirni tark etdi. 0:1. "Liverpul" chorak finalda", - deb yozdi Fayziyev.

Manba: Telegram.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 08:26, 09.03.2022.
O'qildi: 2864 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.