Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

"Metallurg" ustozi "Nasaf"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

"Metallurg" ustozi "Nasaf"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida dastavval mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi Luisma Ernandes jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

"Bugun juda ham qiyin o‘yin bo‘ldi. Shunday bo‘lishini oldindan bilgandik va tayyorgarlik ko‘rgandik. Mavsumdagi ilk o‘yinimizni O‘zbekistonning eng kuchli klublaridan biriga qarshi o‘tkazdik. Yigitlar oxirigacha kurashishdi va iroda ko‘rsatishdi. So‘nggi daqiqalarda xarakter namoyish etib, barchamizni xursand qilishdi", - dedi Luisma Ernandes.

- "Nasaf" haqida nima deya olasiz?
- O‘zbekistonning eng yaxshi jamoalardan biri deb bilaman. O‘z o‘yin uslubi bilan boshqalardan ajralib turadi.
- O‘yindan oldin qanday natija kutgandingiz?
- Uchrashuv og‘ir kechishini bilardik. Ikkala jamoa o‘z maqsad vazifasi yo‘lida ishiga professional tarzda yondoshdi.
- O‘yin davomida jamoa sardorini almashtirdingiz. Buning sababi nimada?
- Fozil Musayev ajoyib futbolchi, faqat o‘yin davomidagi taktik o‘zgarishni amalga oshirishimiz kerak edi. Maydonga o‘yin tempni oshirish uchun yangi kuchlarni tashladik.
- "Metallurg" o‘yin davomida tartibli himoyalandi, gol o‘tkazib yuborgach, hujumga o‘tdi va gol urishni ham uddalashini ko‘rsatdi. Nima uchun bugun himoyaviy taktika tanlandi?
- Raqibga qarab taktika tanlaymiz. Bugun kuchli jamoaga qarshi o‘ynaganligimiz sababli, qarshi hujum taktikasiga tayandik. Bu o‘z samarasini berdi. Urgan golimiz tanlagan taktikamiz samarasi bo‘ldi.
- Uchrashuvga 7 daqiqa qo‘shib berilganiga munosabatingiz qanday?
- Men 4-5 daqiqa qo‘shib berilsa kerak, deb o‘ylagandim. Ammo o‘yin davomida ko‘p to‘xtalishlar bo‘ldi. Shu boisdan ham hakamning qaroriga munosabatim ijobiy.
- "Nasaf"ning OCHLdagi imkoniyatini qanday baholaysiz?
- O‘zbekiston futbolini dunyoga tanitishda "Nasaf"ga omad tilayman.

Manba: "Металлург" матбуот хизмати
Kiritildi: 23:07, 09.03.2022.
O'qildi: 1182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.