Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Anxel Lopez Perez: “Navbahor” – O‘zbekistonning top-jamoalaridan biri”

Anxel Lopez Perez: “Navbahor” – O‘zbekistonning top-jamoalaridan biri”

Baho:
+ | -

Superliga 2-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyin termizliklar bosh murabbiyi Anxel Lopez Perez quyidagicha fikr bildirdi.

- Bugun har ikki bo‘limda ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Garchi gol o‘tkazib yuborsakda, ustunlikni o‘z tomonimizga og‘dirishga, raqib yarim maydonida faol o‘ynashga intildik. Bugungi mag‘lubiyatga qaramay, jamoamiz o‘yinidan qoniqdim, yigitlar astoydil harakat qilib, maksimal kuch sarflashdi, - dedi Anxel Lopez Perez.

- Bugungi raqib - “Navbahor”ning o‘yini haqida fikringiz qanday?

- “Navbahor” O‘zbekistonning top-jamoalaridan biri, yaxshigina tarkib, mahoratli ijrochilarga ega. Himoyada ham, hujumda ham birdek faol o‘ynay oladi. Ushbu raqib bilan o‘yin o‘tkazish qiziq bo‘ldi, shunday kuchli jamoaga qarshi chiroyli o‘ynaganimizdan mamnunman. Mavsum oldidan tayyorgarlik uchun vaqtimiz oz edi, lekin biz shu muddat ichida barchasiga ulgurishga harakat qildik. Tanlagan yo‘limizdan bosqichma-bosqich oldinga intilishda davom etamiz, keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

- “Surxon” oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?

- Birinchi galdagi maqsadimiz – raqobatbardosh jamoa shakllantirish, asta-sekin o‘yinimizni kuchaytirish. “Olimpik” bilan yomon o‘ynamadik, bugun “Navbahor”ga qarshi yanada kuchliroq o‘yin namoyish etib, o‘zimizni ko‘rsatdik, faqat biroz omad yetishmadi.

- Dastlabki ikki tur ortda qoldi. O‘zbekiston chempionatidan olgan ilk taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- O‘zbekiston chempionatining saviya yuqori. Bungacha 8 ta turli mamlakatlarda ishlaganman, demakki, nima deyotganimni yaxshi bilaman. Turli darajadagi ligalarni ko‘rgan mutaxassis sifatida O‘zbekiston Superligasi ancha kuchli deya olaman, yaxshi klublar bor. Boshqa davlatga emas, aynan o‘zbek diyoriga, “Surxon”ga kelganim ham gapimga isbot bo‘lishi mumkin.

- “Surxon”ning uy o‘yinlarini Samarqandda o‘tkazayotgani noqulaylik tug‘dirmayaptimi?

- Albatta, mezbon maqomidagi bahslarning Termizda o‘tishini xohlardim. Chunki stadionimiz, muxlislarimiz, uyimiz o‘sha yerda. Hozircha esa, vaziyat taqozosiga ko‘ra, barcha o‘yinlarimiz mehmonda o‘tadi. Bu albatta, muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Umid qilamanki, Termizdagi stadionda ta’mirlash ishlari yaqin vaqtlar ichida yakunlanadi va biz tezroq uyga qaytamiz.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 22:31, 10.03.2022.
O'qildi: 964 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик