Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Suares "Ayaks"ga qaytishi mumkin

Suares "Ayaks"ga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Luis Suares yozda "Atletiko"ni erkin agent sifatida tark etishga tayyor. Bu haqda jurnalist Nikola Shkira o‘zining Tvitterida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 35 yoshli hujumchiga "Ayaks" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, urugvaylik futbolchiga MLS va Braziliyadan 4 ta taklif bor.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi 2020 yilda "Barselona"dan 7 million yevro evaziga "Atletiko Madrid"ga o‘tgan edi.O‘tgan mavsumda "Atletiko" safida La Ligada g‘olib chiqqandi.

Suares joriy mavsumda “Atletiko” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Urugvaylik futbolchining shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi.

Kiritildi: 14:15, 11.03.2022.
O'qildi: 1045 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик