Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Klopp: "Kim "Chelsi" va "Nyukasl" sotilayotganida xavotir oldi? Bu jamiyatning aybi"

Klopp: "Kim "Chelsi" va "Nyukasl" sotilayotganida xavotir oldi? Bu jamiyatning aybi"

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp «Chelsi» va «Nyukasl» klublarini moliyalash manbalari haqida gapirdi.

«Klublarni kim sotib olishiga nisbatan qat’iyroq siyosat haqidagi savolni menga berishga arzimaydi deb o‘ylayman. Bu sizni jiddiy tashvishga soldimi? Kimdir Roman Abramovichning «Chelsi»ga kelishidan xavotirda bo‘lganmi? «Nyukasl»ni sotilishi kimni xavotirga soldi? Muxlislarni soldimi? Mana savol.

Pul qayerdan kelayotgani aniq. Buni hamma bilardi, lekin buni qabul qilishdi. Bu bizning aybimiz. Bu bizning jamiyatimizning aybi, chunki biz buni qabul qildik. Biz bunga chiday olmaymiz va ularni jazolaymiz. Bu umuman «Chelsi»ning aybi yo‘q.

Men egalik tekshiruvi qanday ko‘rinishini bilmayman, lekin sizga ayta olamanki, men olti yarim yildan beri shu yerdaman. Birinchi kelgan kunimdan boshlab men klub xo‘jayinlaridan juda mamnun bo‘ldim. Hozirgi paytlarda men ulardan yanada mamnunman. Negaki, xo‘jayinlar klubni boshqarish uchun foyda ko‘rmoqchi bo‘lsa, moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun sharoitlari bor.

Biz pul manbalari haqida o‘ylamaymiz ham, lekin hozir buni qila boshlayapmiz. Rostini aytsam, bu yaxshi fikr, deb o‘ylayman. Bu haqda biroz o‘ylab ko‘rishimiz kerak”, - dedi «Liverpul» bosh murabbiyi.

Kiritildi: 14:03, 12.03.2022.
O'qildi: 2597 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик