Krishtianu Ronaldu APLga qaytganidan beri «Manchester Yunayted» tarkibidagi 11-golini kiritdi.
Portugaliyalik futbolchi ayni paytda APL doirasida «Tottenxem» (2:1, birinchi bo‘lim) jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tayotgan o‘yinda hisobni ochdi.
Ronaldu – APLning joriy mavsumida «Manchester Yunayted»ning eng yaxshi to‘purariga aylanib oldi. Brunu Fernandesh esa 9 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.