"Bavariya" klubining 21 yoshli qanot himoyachisi Alfonso Devis Myunxendagi jamoa bazasida mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmannning so‘zlariga ko‘ra, yaqin 3-4 hafta ichida jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Devis koronavirusga chalingan, shundan so‘ng unda miokardit belgilari paydo bo‘lgandi.