Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

«Metallurg» futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarining muvaffaqiyatli starti

«Metallurg» futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarining muvaffaqiyatli starti

Baho:
+ | -

Katta futbol bahori ustalar jamoalari bilan bir qatorda o‘smirlar va bolalar futbolida ham mavsumni boshlab berdi. Mart oyining birinchi dekadasida poytaxtimizda ikkita musobaqaga start berildi. Biri O‘zbekiston futbol assosiasiyasi kubogi bahslari bo‘lsa, ikkinchisi Toshkent shahar birinchiligidir.

Har ikkala yo‘nalishda Bekobodning “Metallurg” futbol klubi qoshida faoliyat yuritayotgan “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari muvaffaqiyatli start olishdi.

Eng yosh guruh vakillari – 2009 yilda tug‘ilgan bolalar jamoalari o‘rtasidagi musobaqada “Metallurg U-13” jamoasi Toshkent VFA tengqurlarini kichik hisobda dog‘da qoldirishdi – 1:0.

O‘FA kubogining 1-turida 2006 yilda tug‘ilgan yoshlarimiz – “Metallurg U-16”(2006 yillar) jamoasi Toshkent viloyati futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi to‘p surdi va 5:3 hisobida zafar quchdi.

2008 yilda tug‘ilgan yoshlar jamoalari musobaqasida qatnashayotgan “Metallurg U-14” jamoamiz ham Toshkent viloyati futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari ustidan zafar quchishdi. Mazkur uchrashuvda bekobodliklar raqiblari darvozasiga javobsiz uchta to‘p yo‘llashdi – 3:0.

Faqatgina “Metallurg U-15” (2007 yilda tug‘ilganlar) jamoamiz birinchi turda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi. Mazkur yosh toifasidagi jamoamiz Toshkent VFA yoshlariga qarshi o‘yinda o‘z darvozalaridan uchta to‘p olib chiqishga majbur bo‘lishdi – 0:3.

O‘FA kubogida 2-tur o‘yinlari 16-17 mart sanalarida o‘tkaziladi. Shu kuni “Metallurg” futbol akademiyasi jamoalari Sirdaryo futbol akademiyasidagi tengqurlariga qarshi to‘p surishadi.

Aynan mana shu yosh toifasidagi jamoalarimiz Toshkent shahar birinchiligida ham qatnashishmoqda. “Metallurg” futbol akademiyasi jamoalari qur’a natijasiga ko‘ra “V” ligasida “Traktor”, “Do‘stlik”, 16-BO‘SM, “Spartak”, “Lokomotiv”,  “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Chig‘atoy” singari jamoalarga qarshi maydonga chiqadi.

Mazkur uik-endda bekobodlik yoshlar birinchi tur o‘yinlarini o‘tkazishdi. Qayd etish kerakki, poytaxt futbol maydonlarida o‘tayotgan musobaqani bekobodliklar muvaffaqiyatli boshlashdi. Jumladan, “Metallurg U-13” jamoamiz birinchi turda “Paxtakor” jamoasi bilan bahs olib borib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Metallurg U-15” jamoasi esa O‘FA kubogidagi startidan farqli o‘laroq, shahar birinchiligini juda ishonchli boshladi. Mazkur yosh toifasidagi jamoamiz ilk turda “Start” jamoasi darvozasiga javobsiz yettida to‘p yo‘lladi – 7:0.

Va nihoyat katta yosh toifasidagi musobaqada qatnashayotgan “Metallurg U-16” jamoamizning ilk turdagi raqibi “Traktor” tarbiyalanuvchilari bo‘ldi. Bu o‘yinda ham bekobodliklar yirik hisobda zafar quchishdi – 5:0.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:57, 14.03.2022.
O'qildi: 1742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик