Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Bugungi raqibimiz bilan tanishamiz: «Baniyas» qanday jamoa?

Bugungi raqibimiz bilan tanishamiz: «Baniyas» qanday jamoa?

Baho:
+ | -

«Nasaf» bugun (15 mart) ta’bir joiz bo‘lsa, joriy mavsumdagi eng muhim o‘yinlaridan birini o‘tkazadi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasini oldinda OCHL-2022 guruh bosqichi yo‘llanmasi masalasini hal qiluvchi «pley-off» uchrashuvi kutmoqda. Raqib BAAning «Baniyas» klubida ustunlik bor - mezbonlik faktori. Xo‘sh, bu jamoa haqida yana nimalarni bilish kerak?

Umumiy ma’lumot

«Baniyas» - uzoq tarixga ega va xalqaro turnirlarda o‘ynash tajribasiga ega jamoa. 1982 yili tuzilgan ushbu klub ortda qolgan davrda 3 marta BAA chempioni bo‘lgan. «Bani Yas» mamlakatning yirik biznesmenlariga tegishli. Demakki, ular jamoa rivoji yo‘lida katta sarmoya ajratishadi. Xususan, hozirgi tarkibi legionerlar hisobiga kuchaytirilgan. «Baniyas» o‘tgan mavsum milliy ligada marraga 2-bo‘lib yetib keldi. Jamoa bunga qadar «Prezident kubogi»da zafar quchgandi. Umumiy baho berganda, «Baniyas» oxirgi yillarda chempionat o‘rtamiyonaga aylanib qolgan.

Xalqaro natijalari

«Baniyas» OCHL guruh bosqichida ilk marta 2012 yili ishtirok etgan. O‘shanda jamoa «Paxtakor» bilan 1ta kvartetga tushgandi. BAAdagi o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobida ustun kelishgan, Toshkentda esa kuchli tomon aniqlanmagandi - 1:1. «Paxtakor»ning yagona goli Dilshod Sharofutdinov hisobiga yozilganini qo‘shimcha ma’lumot sifatida keltirish joiz. «Baniyas» esa yakunda «pley-off»ga chiqqan, ammo «Al-Hilol»ga 1:7 hisobida yutqazgan. «Nasaf»ning bo‘lajak raqibi shuningdek, 2014 yili OCHL saralashi «pley-off» bosqichida o‘ynab, Quvayt­ning «Al-Qodisiya»siga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Legionerlar

Moliyaviy tomondan baquvvat «Baniyas» xorijlik futbolchilarga katta e’tibor qaratadi. Ayni payt jamoani ruminiyalik Daniel Isaila bosh­qarmoqda. 1972 yili tug‘ilgan murabbiy mavsum-2020dan buyon klub bilan birga. Daniel bunga qadar bir muddat Saudiya Arabistonida ishlagan. Tarkibida jami 6 nafar legioner bor: braziliyalik Joao Viktor (21 yosh) va Sayle da Silva (21 yosh), serbiyalik Sasha Ivkovich (28 yosh), argentinalik Gaston Alvares (28 yosh) va Nikola Ximenes (26 yosh), shvesiyalik Isaak Telin (29 yosh), tanzaniyalik Said Hamis (21 yosh). To‘g‘ri, ularning hammasi OCHLda ishtirok etolmaydi.

Mahalliy futbolchilar

Jamoa tarkibida BAA milliy jamoasiga nomzod futbolchilar ham bor. Xususan, Amir Abdulrahmon klubning birinchi raqamli yetakchisi maqomida. Shuningdek, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalariga nomzod yigitlar ko‘p.

«BANIYAS» (BAA)

Tashkil topgan yili: 1982

Stadioni: «Bani Yas» (cig‘imi - 9047)

Prezidenti: Saif bin Zayd al Nahiyon

Bosh murabbiyi: Daniel Isaila (Ruminiya)

IZZATBEK

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:00, 15.03.2022.
O'qildi: 3394 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик