Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Paxtakor" - "Olimpik" o‘yini bo‘yicha hakamlar bo‘limi mutaxassislarining xulosalari

"Paxtakor" - "Olimpik" o‘yini bo‘yicha hakamlar bo‘limi mutaxassislarining xulosalari

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superligasining 3-turidan o‘rin olgan “Olimpik” — “Paxtakor” (1:1) uchrashuvidagi ayrim vaziyatlar O‘FA Hakamlar bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Xususan, o‘yinning 12-daqiqasida “Paxtakor” a’zosi Ikrom Aliboyev raqibning oyog‘iga butsaning tag qismi bilan o‘ta qo‘pol zarba berdi. Uchrashuv bosh hakami avval sariq kartochka ko‘rsatdi, so‘ng VAR uni monitorga taklif qilgach, qarorini qizil kartochkaga almashtirdi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, qizil kartochka to‘g‘ri berildi.

57-daqiqada “Paxtakor” futbolchisi raqibidan ilgarilab ketayotganda himoyachi uni qo‘li bilan to‘xtatdi. Hakam jarima to‘pi va himoyachiga sariq kartochka ko‘rsatdi. Ammo VAR vaziyatni ko‘rgach, sariq kartochka qizilga o‘zgartirildi.

Ushbu vaziyatda Hakamlar bo‘limi quyidagi kriteriylarga to‘xtalib o‘tdi:
• himoyachi qo‘pollik ishlatmaganida hujumchi darvozabon bilan yaqqol birga bir chiqish imkoniyatiga ega edi;
• hujumchiga nisbatan qo‘pollik ishlatilgan vaqtda uning to‘p bilan masofasi juda yaqin edi;
• qo‘pollik ishlatilgan vaziyatda darvozabon ham o‘z joyida qolgan edi. Agarda darvozabon o‘rnini tark etib, tezlik bilan to‘pga ega chiqqanda vaziyatga boshqacha baho berish mumkin bo‘lar edi. Shulardan kelib chiqib, mutaxassislar ko‘rsatilgan qizil kartochkani to‘g‘ri deb baholadilar.

Bundan tashqari, 69-daqiqada “Olimpik” futbolchisi raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Bosh hakam o‘yinni davom ettirishni ko‘rsatdi. VAR hakamlari takroriy lavhalarni sinchiklab ko‘rib, penalti belgilash uchun yaqqol asos yo‘q ekanligiga ishonch hosil qilishdi. Mutaxassislar bosh hakam chiqargan qaror to‘g‘ri ekanligini tasdiqlashdi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 23:40, 16.03.2022.
O'qildi: 1574 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.