Germaniya terma jamoasi murabbiyi Xans-Diter Flik jurnalistlarga Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida Bundestim o‘z oldiga qo‘ygan vazifalar haqida gapirib berdi.
Flikning ta’kidlashicha, Germaniya terma jamoasi rivojlanmoqda va futbolchilar uning talablarini qanchalik yaxshi tushunayotganini ko‘rish u uchun juda yoqimli. Murabbiy Germaniya terma jamoasining asosiy maqsadi Qatar jahon chempionatida g‘alaba qozonish ekanini ta’kidladi.













