Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Konte Keynni tabrikladi

Konte Keynni tabrikladi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasi hujumchisi Xarri Keynni Angliya Premyer-ligasida mehmondagi gollar soni bo‘yicha rekordchi bo‘lgani bilan tabrikladi.

“Men Keyn uchun xursandman, chunki u har bir o‘yinda juda ko‘p imkoniyatlarga ega va jahon toifasidagi forvard sifatida u doimiy ravishda gol ura oladigan jamoada o‘ynash imkoniyatidan zavqlanadi. O‘ylaymanki, Xarri o‘z faoliyatida nimadir yutishga loyiq edi, chunki u fantastik futbolchi", - deya Konte so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Kecha APL 16-turidan o‘rin olgan "Brayton"ga qarshi qoldirilgan o‘yinda (2:0) Keyn gol urdi va liga tarixidagi safar o‘yinlarida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. Hujumchi safarda 139 ta o‘yinda 95 ta gol urgan.

Avvalgi rekord “Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runiga tegishli bo‘lib, u safarda 243 ta o‘yinda 94 ta gol urgan edi.

Kiritildi: 12:16, 17.03.2022.
O'qildi: 819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик