Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" "MYU" futbolchisi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda

"Liverpul" "MYU" futbolchisi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda

Baho:
+ | -

"Liverpul" rahbarlari yozda "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi.

Manchester Evening News xabariga ko‘ra, mersisaydliklar vakillari allaqachon 24 yoshli angliyalik futbolchining agentlari bilan transfer borasida gaplashib olishgan. Shuningdek, Reshford xizmatlariga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda, biroq hujumchining o‘zi hali "qizil iblislar"ni tark etishni istamayapti. Markus va mankunianliklar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda Markus Reshford Angliya chempionatida 19 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 13:21, 18.03.2022.
O'qildi: 2936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик