SSKA yarim himoyachisi Yusuf Yaziji RPL 22-turidan o‘rin olgan "Rubin"ga qarshi o‘yinning 5-daqiqasida gol urdi.
25 yoshli turkiyalik futbolchi uchun bu gol Rossiya chempionatidagi qatorasiga to‘rtinchi gol bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich RPLda legioner-debyutantlar orasida rekord hisoblanadi, deya xabar berdi "SE" nashri.