Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Iker Kasilyas: «Real» e’tirofga loyiq!»

Iker Kasilyas: «Real» e’tirofga loyiq!»

Baho:
+ | -

«Real»ning afsonaviy darvozaboni Iker Kasilyas «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe o‘yinini yoqtirishini tan oldi. U shuning barobarida Madrid superklubining hozirgi futbolchilari yuksak e’tirofga loyiq ekanliklarini qo‘shimcha qildi.

Mbappe va «Real» aloqasi

- Jamoaga kimning kelish-kelmasligi yosh futbolchilar uchun muhim. Ehtimol, agar hozir 22 yoshda bo‘lganimda, Mbappening «Real»ga o‘ta zarurligini aytarmidim.. Lekin allaqachon 40 yoshni urib qo‘yishga ulgurdim va bunday gap-so‘zlar hech narsa emasligini ta’kidlayman. Kilian bugun «PSJ»da, ertaga qayerda o‘ynashini esa bilmayman. Albatta, uni futbolchi sifatida yoqtiraman. Umid qilamanki, vaqti kelib, «Real» tarkibida ko‘rinish beradi. Lekin bunday transferlar ko‘plab omillarga bog‘liq.

«Madrid»ning joriy mavsumdagi ishtiroki

- «Real» ichki chempionatda barqaror ketyapti, hammasi tayindek, ammo hali hech narsa hal qilinmagan. Bundan tash­qari, «Qirollik klubi» CHLda kurashni davom ettirmoqda. Demak, hozirgi jamoani ol­qishlash kerak.

Xoland va Mbappe dueti

- Qaytaraman, hozir na Xoland va na Mbappe «Real»da, shunday ekan, ehtimoliy tandem haqida gapirish ortiqcha. Oddiy aytganda, faqat kutishimiz va tarkibda mavjud futbolchilar o‘yinlaridan zavqlanishimiz kerak. Har holda, «Real»da yutuqlar yo‘q emas va yigitlar e’tirofga munosiblar.

Yangi shaxsiy loyihasi

- Tibbiyot yo‘nalishidagi yangi loyihamdan maqsad - umumiy farovonlik uchun nimadir qilish, odamlarga yordam berish. Qisqasi, sport doirasida boshqalar hayotini yengillatish harakatidagi insonlarni qo‘llab-quvvatlamoqchiman. Bugungi hayotda yangi loyihalar globalroq masalalarga qaratilmoqda, ammo sportni ham unutmaslik kerak.

AYTGANCHA...

Mbappe «Real» bilan shartnoma tuzadi!

Marca nashrining so‘nggi ma’lumotlariga qaraganda, «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe shu hafta davomida «Real» bilan shartnoma tuzadi. To‘g‘ri, 23 yoshli yulduzning Madrid klubi safiga qo‘shilishi keyinroq, mavsum yakunida e’lon qilinadi. Shartlashuvga binoan, Kilian kelishuvga imzo chekkani uchun «Real»dan chamasi 60-80 million yevro miqdorida bonus oladi. Uning Madriddagi yillik maoshi esa 25 million yevroni tashkil etadi. Eslatma, Mbappe va «PSJ» o‘rtasidagi shartnoma joriy yil 30 iyun kuni o‘z kuchini yo‘qotadi.

Iker Kasilyas suhbat davomida «Real» - «PSJ» qarama-qarshiligiga ham to‘xtalib, Parij klubi nazariy tomondan favorit sanalsada, «Madrid» keyingi bosqichga chiqishiga ishonch bildirgandi. Yakunda u haq bo‘lib chiqdi - «Qirollik klubi» javob bahsini 3:1 hisobida o‘z foydasiga hal qilib, kuchli sakkiztalikka kirdi.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:00, 22.03.2022.
O'qildi: 2486 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.