Sobiq Misr terma jamoasi hujumchisi Ahmed Mido Muhammad Saloh haqida gapirdi. U hujumchining kelajagi borasida shunday deydi:
"Men Salohning "Liverpul"ni tark etishiga ishonaman. Agar shartnoma tuzilmasa, uning ketishga haqqi bor. U zo‘r futbolchi va katta klublar uning ximzatiga muhtoj. Muhammad yana besh yil yuqori darajada harakat qila oladi".
29 yoshli futbolchi "Liverpul" bilan yangi shartnoma borasida kelish olmayotgan edi.