"Arsenal" "Renn" yarim himoyachisi Lesli Ugochukvuga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi L’Équipe.
17 yoshli futbolchi joriy mavsumda Liga 1 da 13 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va Konferensiya ligasida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi. U to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli so‘nggi ikki oy davomida safdan chiqqandi.
Futbolchining "Renn" bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Xabar qilinishicha, yarim himoyachini Dortmundning "Borussiya" klubi ham kuzatib bormoqda.