Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Rash: "Benfika" - Portugaliyaning "Liverpul"i"

Rash: "Benfika" - Portugaliyaning "Liverpul"i"

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Ian Rash mersisaydliklar klubi va "Benfika" o‘rtasidagi chorak final qarama-qarshiligi haqida fikr bildirdi.

"Benfika – Portugaliyaning "Liverpul"i. Ular juda mashhur va 1961 va 1962 yillarda ketma-ket g‘alaba qozongan yevrokuboklar bilan bog‘liq. Ular bu mavsumda ligada unchalik yaxshi o‘yin ko‘rsata olishmadi, lekin ular Yevropa musobaqalarida jonlanishdi", dedi Rash.

Biroq u britaniyaliklar yarim finalga chiqishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

"Men "Liverpul" g‘alaba qozonishini kutaman, lekin ular o‘z raqiblarini past baholamaslik uchun ehtiyot bo‘lishlari kerak, chunki siz Chempionlar ligasi o‘yinida nima bo‘lishini hech qachon bilmaysiz", - deya qo‘shimcha qildi "Liverpul"ning sobiq futbolchisi.

Kiritildi: 12:37, 26.03.2022.
O'qildi: 1178 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик