Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Laporta: «Real» 13-14 futbolchi bilan o‘ynamoqda. Endi ularda pasayish yuz berishi kerak»

Laporta: «Real» 13-14 futbolchi bilan o‘ynamoqda. Endi ularda pasayish yuz berishi kerak»

Baho:
+ | -

«Barselona» prezidenti Joan Laporta joriy mavsumda «Real»da pasayish yuz berib, "ko‘k-anorranglilar" La ligada g‘oliblik uchun kurashishiga ishonmoqda.

–«Bernabeu»da qozonilgan 4:0 hisobidagi g‘alaba kuchli o‘yinchilarning e’tiborini «Barsa»ga jalb qilishi mumkin?
– Bizning loyiha tezlik olayotgani ko‘rinib turibdi, albatta ushbu natija yordam beradi. «Barsa» o‘z o‘yini bilan butun dunyo uchun etalon bo‘lishi mumkin.

Bu yaxshi natija va u har jihatdan bizning foydamizga ishlaydi. Biz "Barselona" muxlislariga quvonchli lahzalarni qaytarish yo‘lidan ketayotganimizni isbotlaydi. Prezidentlikning ilk bosqichida o‘z oldimga qo‘ygan asosiy maqsadlardan biri shu edi. Biz buni uddalaymiz, deb o‘ylayman. Hozircha faqat sovrinlar yetishmayapti.

«Real» ustidan qozonilgan g‘alabadan ulkan zavq oldim. Endi esa chempionlik uchun kurashishimizni istayman. Sovrinlarga qo‘lga kiritgan holda quvonchni qaytarishimiz lozim.

– La ligadagi chempionlik kurashi haqida gapiryapsizmi?
– Ha, men shu haqda gapiryapman. Chunki jamoa o‘sishda davom etyapti. Mavsum davomida pasayish va ko‘tarilishlar ro‘y berdi. Nazarimda, «Real»da pasayish boshlanadi. Chunki, Anchelotti yil davomida faqat 13-14 o‘yinchi xizmatidan foydalandi. Biz esa tarkibdan kengroq foydalanib kelyapmiz.

Mavsum boshida bizda muvaffaqiyatsizliklar bo‘ldi, ammo hozir "Barsa" yaxshi formaga kirib oldi. Chempionlik uchun kurashish umidida mavsumning hal qiluvchi pallasiga kirishyapmiz. Hozir 12 ochko ortda qolyapmiz. Agar «Rayo»ga qarshi qoldirilgan o‘yinda g‘alaba qozonsak, «Real» bilan 9 ochkoni tashkil etadi.

Biz esa qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonish haqida o‘ylashimiz zarur. Bu jiddiy sinov, bizga esa bunday sinovlar yoqadi. Klubimizning mentaliteti shunday.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 16:52, 26.03.2022.
O'qildi: 3886 marta.
Fikrlar: 59 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.