Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Kim Shin Vuk: «G‘alaba ruhi bizga qo‘shimcha ustunlik beradi»

Kim Shin Vuk: «G‘alaba ruhi bizga qo‘shimcha ustunlik beradi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Intervyular

Singapur Premyer-ligasi tarixidagi eng yirik transferlardan biri o‘tgan yilning noyabr oyida, 2022 yilgi mavsum oldidan janubiy koreyalik hujumchi Kim Shin Vuk «Lion Citi Seylors» bilan shartnoma imzolaganida e’lon qilingandi. Ikki karra Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibi AFC.com saytiga Singapur Premyer-ligasiga o‘tishi, joriy mavsum va 2022 yilgi OCHL kampaniyasi, uning tashrifi ushbu mamlakat futboli uchun nimani anglatishi xususida bafurja so‘zlab berdi.

- Salom, Shin Vuk, intervyu berishga rozi bo‘lganingiz uchun tashakkur. Klub tarixidagi yangi davr boshida «Lion Siti Seylors» safiga qo‘shilishingizga nima turtki berdi?

- Yangi sinov va tajribani xohlagandim va Singapurga ko‘chib o‘tishim to‘g‘ri variant edi. «Lion Citi»ning maqsadlari va qarashlari menda kuchli qiziqish uyg‘otdi, qolaversa, Singapurda o‘yinchi sifatida yanada rivojlanishim mumkinligini ham bilardim.

- Murabbiy Kim Do Xun qaroringizga qanchalik ta’sir qildi?

- Singapurga kelishimga asosiy sababchilardan biri aynan u bo‘ldi. Doim Do Xun qo‘l ostida ishlashni va o‘ynashni xohlardim.

- Community Shield turnirida, «Albireks Niigata»ga qarshi debyutdayoq «dubl» rasmiylashtirish - qoyilmaqom ish. Ayniqsa, ikkinchi gol...

- Ajoyib jamoadoshlar bilan maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutdim. Jamoam g‘alabasiga yordam bera olish va Singapurda ilk marta gol urish men uchun juda muhim edi. Bu yerdagi muxlislarning qo‘llab-quvvatlayotganliklarini ko‘rib, xursand bo‘ldim va kelgusi mavsumda ularni har doim xursand qilish uchun qo‘limdan kelganini qilaman.

- Jamoa har tomonlama milliy chempionlikni saqlab qolish uchun bosh favorit hisoblanadi. Ammo OCHL­dagi debyutda klubning haqiqiy xarakteri sinovdan o‘tadi. Nima deb o‘ylaysiz, ushbu turnirda Osiyo yetakchilariga qarshi qanchalik kurasha olasiz?

- Osiyo Chempionlar Ligasida ancha qiyin bo‘ladi, shubhasiz. Bu Osiyoning eng yaxshi futbol klublarigina saralash huquqiga ega bo‘lgan turnir. Biz ham mintaqaning eng yaxshilari qatorida bo‘lishni maqsad qilganmiz, ammo bu klubning OCHLdagi ilk kampaniyasi va biz qiyinchilikni kamtarlik bilan qabul qilamiz. Lekin maydonda bor kuchimizni beramiz, albatta. Bizning yondashuvimiz oddiy - har bir o‘yinni bir vaqtning o‘zida qabul qilamiz va har bir uchrashuvga to‘liq e’tibor qaratamiz.

- Klubdagi OCHLda o‘ynash tajribasiga ega kamsonli futbolchilardan birisiz. Jamoadoshlaringizga yordam bera olasizmi?

- O‘ylaymanki, g‘oliblik ruhiyati eng kuchli tomonlarimdan biri va bu mentalitetni jamoamga singdirish niyatidaman. Bu jamoa katta salohiyatga ega va biz har bir o‘yinda borimizni beramiz. Men jamoaga ushbu potensialga erishish uchun qo‘limdan kelganini qilmoqchiman va o‘ylaymanki, g‘alaba ruhi bizga qo‘shimcha ustunlik beradi.

- Hasan Sanni o‘tgan yilgi AFF kubogida ajoyib o‘ynadi va Community Shield turnirida bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi...

- U jamoa uchun juda muhim, shuningdek, Hasan bilan birga mashg‘ulot o‘tkazish maroqli. O‘yinlarga professional yondashadi, mashaqqatli mehnati maydonda jamoa uchun o‘z samarasini berayotgani aniq - u bir nechta muhim seyvlarni amalga oshirdi va bu bizga Community Shield musobaqasida muvaffaqiyat qozonishimizga yordam berdi.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:40, 27.03.2022.
O'qildi: 1269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.