Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

"Qo‘qon-1912" - "Metallurg": Prevyu

"Qo‘qon-1912" - "Metallurg": Prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 4-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvi ertaga Yaypan shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur bahs oldidan bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar

Mazkur jamoalar shu kunga qadar O‘zbekiston chempionatlarida 24 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning o‘ntasida futbolchilarimiz g‘alaba qozonishgan. O‘n ikkita uchrashuvda Bekobodliklar qo‘li baland kelgan. Ikkita bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan.
To‘plar nisbati 33-36, raqibimiz foydasiga . O‘zaro uchrashuvlarda jamoamiz 32 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Metallurg” hisobida esa 38 ochko mavjud.

Har ikki jamoa o‘rtasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi 10ta uchrashuv natijalari bilan tanishing:

19.09.2021 Metallurg – Qo‘qon-1912 – 0:1
15.04.2021 "Qo‘qon-1912"- "Metallurg" 0-1
16.09.2020. Qo‘qon 1912 – Metallurg – 0:2
06.03. 2020 Metallurg – Qo‘qon 1912 1:0
30.10.2019. Qo‘qon 1912 – Metallurg - 2:3
27.04. 2019 Metallurg – Qo‘qon 1912 3:1
13.07.2018. Qo‘qon 1912 – Metallurg - 2:1
16.03. 2018 Metallurg – Qo‘qon 1912 1:0
22.09.2017 Metallurg – Qo‘qon 1912 3:0
22.04.2017. Qo‘qon 1912 – Metallurg - 3:0

"Metallurg"ga qarshi bahsni Asker Najafaliyev boshqarib boradi.

Superliganing 4-turida faoliyat olib boradigan rasmiylar ma’lum bo‘ldi. Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tadigan "Qo‘qon-1912" – “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi bahsni Asker Najafaliyev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘lishdi.
Najafaliyev 2021 yilgi mavsumda jamoamiz ishtirokidagi 2 ta bahsni boshqarib borgan.E’tiborlisi Asker Najafaliyev o‘tgan mavsumning 6-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" – “Metallurg” uchrashuvini boshqarib borgan va o‘sha o‘yinda jamoamiz 0-1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Shuningdek Najafaliyev o‘tgan mavumning 22-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvini ham boshqarib borgan. Bu o‘yin 1-1 hisobidagi durang natija bilan yakunlangan edi. Yaypandagi bahsda VAR tizimi ham ishlaydi. VAR hakami sifatida esa Elyor Tursunov faoliyat olib boradi.

Superliga, 4-tur
31 mart, payshanba
QO‘QON-1912 – METALLURG
Hakamlar: Asker Najafaliyev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
VAR hakami: Elyor Tursunov
VAR assistenti: Ruslan Serazitdinov
Komissar: Qudrat Madraimov

Boshlanish vaqtlari

"Qo‘qon-1912" – “Metallurg” uchrashuvi ertaga Yaypan shahridagi “O‘zbekiston” stadionida soat 18:30 da start oladi. Ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 4-turida maydonga tushishadi. Mazkur o‘yin 1 aprel kuni, Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionida soat 14:30 da boshlanadi.

Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати
Kiritildi: 14:15, 30.03.2022.
O'qildi: 1041 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.