Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Dibala bilan telefondagi suhbati, Turkiya safari, Italiya va «Yuventus» haqida Pyanich nima deydi?

Dibala bilan telefondagi suhbati, Turkiya safari, Italiya va «Yuventus» haqida Pyanich nima deydi?

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Beshiktosh» klubi xavbeki Miralem Pyanich Dibala bilan suhbati, Turkiya safari, Italiya va «Yuventus» haqida gapirdi.

U Italiyaga qaytishni xohlayotganini tan oldi va Paulo Dibalaning «Yuventus» bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilganidan keyin u bilan qurgan suhbatini aytib berdi.

«Istanbul ajoyib shahar, tirbandlikdan tashqari hammasi joyida. Lekin men Italiyani unutmayman, bu mening ikkinchi uyim», - deydi Pyanich La Gazette dello Sport nashriga bergan intervyusida.

«Italiyani sog‘indim va ochig‘i, qaytishdan xursand bo‘lar edim. Italiyaning jahon chempionatiga chiqa olmagani? - Bu xabar meni tom ma’noda hayratda qoldirdi.
O‘tgan yilning yozida men Kuman bilan ishlashni davom ettira olmadim, u menga ochiqchasiga hurmatsizlik qildi. Laporta jamoaga Xavini taklif qilib ajoyib qaror qabul qildi. Endi jamoa kuchli va har jihatdan birlashgandek ko‘rinmoqda.

Nima qilish kerakligini hamma juda yaxshi biladi. O‘sha paytda «Yuventus» bilan bir necha bor aloqalar bo‘lgan edi, ammo yakunda iqtisodiy sabablarga ko‘ra bu transfer qayta yana amalga oshmay qoldi. Men uchun pul muhim emas edi. Men o‘zimni loyihaning muhim qismi sifatida his qilish va skudettoni qo‘lga kiritishni xohlardim. Men g‘alaba qozonishga chanqoqman, tajribaliman, deyarli 700ga yaqin o‘yin o‘tkazdim. Axir men murabbiylardan o‘zim uchun muhim narsani talab qilishga haqqim bor, shunday emasmi? Men erkin harakat qilishni, jamoada o‘z o‘rnim bo‘lishini xohlayman.

Sarri? - U futboldagi tom ma’nodagi aqldan ozgan shaxs, haqiqiy top-murabbiy. O‘sha paytda men har bir o‘yinda o‘rtacha 150 marta to‘pga teginar edim va o‘z futbolimni o‘ynashdan rohatlanar edim.

Allegri? - Men uni murabbiy sifatida, hatto shaxs sifatida ham hurmat qilaman. Uni tanqid qilish ahmoqlik bo‘lar edi. O‘ylaymanki, u «Yuventus» uchun to‘g‘ri tanlov va natijalar uning yaxshi ish qilayotganini ko‘rsatmoqda. Hech kim uni bosim ostida ishlayotgan murabbiy deb o‘ylamaydi. 2018 yilni eslayman, biz «Inter»ni 3:2 hisobida mag‘lub etgandik. O‘shanda u ajoyib nutq so‘zladi, u butunlay xotirjam, lekin mas’uliyatni kuchli his etayotgani bilinib turar edi. Oxir-oqibat aynan shu xotirjamlik bizni chempionga aylantirdi. «Neradzurrilar» bilan bahsda menga sariq kartochka ko‘rsatmagani uchun ko‘pchilik bosh hakamni tanqid qiladi. Biroq bu mavzu haqida gapirishni to‘xtatish kerak. Boshqa narsa haqida gapiraylik. Men to‘p uchun sakrab chiqqan edim, hech kimga zarba berib yuborish niyatim yo‘q edi. Men ikkinchi sariq kartochka olishim mumkinligini bilar edim, lekin birinchisi nohaq berilgan.

Men odamlar Orsatoning o‘sha qarorini emas, balki go‘zal futbolimizni eslashlarini istardim. «Yuventus» va «Inter» o‘rtasidagi bo‘lajak o‘yindan kutyotgan taxminlarim ko‘p. Jamoalar imkoniyatini teng baholagan bo‘lar edim. O‘ylaymanki, Paulo Dibala o‘yin taqdirini hal qila oladi. Nazarimda, u o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi. Pauloda g‘alaba qozonish mentaliteti bor, u barchasiga tayyor bo‘ladi.

 

Men Dibala «Yuventus» bilan shartnomani uzaytirmasligini bilgach, darhol unga yozdim. U mening do‘stim va men u bilan o‘ynashni doim yoqtirganman. Suhbat chog‘ida unga buyuk chempion ekanligini eslatdim, u esa menga rahmat aytdi. Men uning his-tuyg‘ularini yaxshi tushunib turibman. U har doim yaxshi formada o‘ynagan, hech qachon o‘zini ayagan holda muhim uchrashuvlardan voz kechmagan. Biroq, men rahbariyatning pozisiyasini ham tushunaman. Rahbariyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri keskin harakat qilmoqda. O‘ylaymanki, ular klubning muayyan g‘oyalariga ko‘proq mos keladigan o‘yinchilar bilan yangi loyihani boshladilar.

Kiritildi: 23:47, 31.03.2022.
O'qildi: 1272 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.