"Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Manchester Yunayted"ga 2 mln yevroga tushadi, deya xabar beradi Daily Mail.
Ma’lum bo‘lishicha, mutaxassisning amsterdamliklar bilan o‘tgan yili imzolagan kelishuvida atigi 2 million yevro tovon puli evaziga shartnomani bekor qilish bandi bor.
Shunday ekan, Ten Xag “Manchester Yunayted”ni boshqarmoqchi bo‘lsa, "Ayaks" rahbariyati bunga deyarli qarshilik ko‘rsata olmaydi.