Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Alisher Yusupov Antalya “Katta dubulg‘a” musobaqasining kumush medali sohibiga aylandi

Alisher Yusupov Antalya “Katta dubulg‘a” musobaqasining kumush medali sohibiga aylandi

Baho:
+ | -

Turkiyada dzyudo bo‘yicha Antalya “Katta dubulg‘a” turniri o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi bellashuvida hamyurtimiz Alisher Yusupov gruziyalik Guram Tushishvili bilan chempionlik uchun bahs olib bordi.

Eng og‘ir vazn toifasida kurashgan polvonimiz dastlab vazari ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq bahs o‘rtasida tajribali raqib, Tokio-2020 finalchisi, jahon chempioni ippon bahosi bilan bellashuvni foydasiga hal qildi.

Shu tariqa, delegasiyamiz Antalya “Katta dubulg‘a” musobaqasini 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 5 ta medal bilan yakunladi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston dzyudo federasiyasi va jamoamizni tabriklaydi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 21:38, 03.04.2022.
O'qildi: 1159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик