«Napoli» bosh murabbiyi Luchano Spaletti A Seriyaning 31-turida «Atalanta» ustidan qozonilgan g‘alaba (3:1) haqida fikr bildirdi.
«Bundan buyon xato qilolmaymiz. Bu mavsum mobaynida bir nechta qiyin vaziyatlardan chiqdik. Endi biz doimo g‘alaba qozonishimiz kerak. Birinchi bo‘limda xatolarga yo‘l qo‘ydik va jabrlandik. Hisob 2:0ga yetganida "Atalanta" o‘yinga qaytdi. Lekin biz xarakter ko‘rsatdik. Jamoa qo‘rqmadi va o‘yinga qaytdi", - dedi Spalletti DAZN bilan suhbatda.