Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Pro ligada mart oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

Pro ligada mart oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Pro liganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi aniqlab kelmoqda.

Ortda qolayotgan mart oyida Pro ligada 4 ta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

 

Dilyaver Vaniyev («Mash’al») – 4 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 6:2

Anvar Berdiyev («Turon») – 4 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 7:3

Ruslan Ahmedov («Xorazm») – 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 5:2

Viktor Kumikov («Andijon») – 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 6:3

 

Mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Humoyun Murtozayev («Turon») – 4 o‘yin, 3 gol

Farhod Sohibjonov («Andijon») – 4 o‘yin, 2 gol

Ro‘zimboy Ahmedov («Buxoro») – 4 o‘yin, 2 gol

Ravshanbek Yagudin («Mash’al») – 3 o‘yin, 3 quruq o‘yin

Shahzod Beshimov («Xorazm») – 4 o‘yin, 3 gol

 

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Pro liga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Pro liganing 10 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi.

Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi.

O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa bosh murabbiylar, jamoa sardorlari hamda sport nashrlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi.

Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

Kiritildi: 18:58, 04.04.2022.
O'qildi: 1009 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.