"Real" darvozaboni Tibu Kurtua "Chelsi"ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi. U muxlislar tomonidan "masxara" qilinmaslikka umid bildirdi:
"Men ertangi o‘yinda "Chelsi" muxlislari tomondan menga nisbatan olqishlarni kutmayapman. Men shunchaki, ular menga norozilik bildirmasligiga umid qilaman. Ammo men hammasiga tayyorman. Chunki hozir u jamoa menga raqib".
Ushbu o‘yin bugun, Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.