Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston kubogi. «Navbahor» safarda «Qizilqum»ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston kubogi. «Navbahor» safarda «Qizilqum»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi, 1-turidan o‘rin olgan bahsda “Qizilqum” Olmaliqda "Navbahor"ni qabul qildi. Uchrashuv keskin kurashlar ostida kechdi.

O‘yin arafasida “lochinlar” ustozi Samvel Babayan tarkib borasida biroz muammoga duch keldi. Jarohati borligi bois, mazkur bahsda jamoa sardori Azimjon Ahmedov maydonga tusha olmasdi. Shuningdek, o‘tgan o‘yindan farqli o‘laroq, bu safar serbiyalik tajribali himoyachi Boyan Siger va yarim himoyachi Nurillo To‘xtasinov boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olishdi. Igor Golban esa zaxirada qoldirildi.

Ilk daqiqalardanoq murosasiz tarzda boshlangan uchrashuvning 1-bo‘limida ko‘proq namanganliklar ustunlik qilishdi. Hisob esa 11–daqiqada ochildi. Nominal mezbon hisoblangan navoiyliklar o‘z jarima maydonchalari ichida Elguja Grigalashviliga nisbatan o‘yin qoidasini buzishdi. Darvozadan 18 metrlar chamasi uzoqlikdan amalga oshirilgan jarima zarbasini jabrlanuvchining o‘zi aniq amalga oshirib, hisobni ochdi - 0:1.

Shundan keyin ham hujumkorlikni susaytirmagan Samvel Babayan shogirdlari 33-daqiqada hisobdagi farqni oshirishdi. O‘sha vaziyatda Jamshid Iskanderov o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirib, to‘pni jarima maydonchasi ichiga yetkazib berdi. “Qizilqum” posboni Ignatiy Nesterov esa to‘pni ushlayman deb, qo‘lidan chiqarib yubordi. To‘pga barchadan avval egalik qilgan Boyan Siger uni darvozaga aniq yo‘llab, hisobdagi farqni oshirdi - 0:2.

Uchrashuvning 2-bo‘limida “Qizilqum” o‘yinda burilish yasashga intilgan bo‘lsa, “lochinlar” hujumkorlikni yanada oshirishga harakat qilishdi. Ammo har ikki jamoaning hujumlari yakuniga yetmadi. Shu tariqa, "Navbahor" bu yilgi O‘zbekiston kubogi bahslarini g‘alaba bilan boshladi.

O‘zbekiston kubogi. 1-tur
“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:2 (0:2)
Gollar: Elguja Grigalashvili (11), Boyan Siger (33).
“Qizilqum”: 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yuldashev, 5.Erkin Boydullayev, 7.Sanjar Shoahmedov (32.Ilhom Kenjayev,87), 10.Temurxo‘ja Abduxoliqov,11.Aleksandr Stanislavlevich (17.Salim Mustafoyev,81), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 23.SHerali Jo‘rayev (18.Jasur Azimov,81), 28.SHuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteev, 88.Artyom Dmitriyev (43.Seun Paul Komolafe, 68).
“Navbahor”: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Boyan Siger, 6.Rustamjon Ashurmatov, 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboyev, 19.Nurillo To‘xtasinov, 23.Yovan Jokich (22.Igor Golban,80), 24.Davronbek Hoshimov, 28.Stanislav Andreev, 30.Elguja Grigalashvili, 32.Zoran Marushich.
Hakamlar: Vadim Agishev, Sardor Nishonboyev, Avaz Abdullayev, Husan Muzaffarov.
Nazoratchi: Temur Abdullayev.
Komissar: Sardor Qudratullayev.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:20, 06.04.2022.
O'qildi: 1726 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.