"Vilyarreal" hujumchisi Arno Gruneveld faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Mail.
Manba bergan xabarga ko‘ra, “Manchester Yunayted” skautlari 25 yoshli futbolchini “Bavariya”ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 finalida, hujumchi yagona gol urgan o‘yinda tomosha qilishgan. Shuningdek, futbolchiga "Liverpul" da’vogarlik qilayotgani xabar qilingan.
Gruneveld joriy mavsumda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 million yevroga baholamoqda.