Hafta oxiridagi eng shov-shuvli mish-mishlar haqida to‘xtalmoqchimiz
Ten Xagning «Manchester Yunayted»dagi rejalari
«Qizil iblislar» faol ravishda yangi bosh murabbiy qidirmoqda (Ralf Rangnik yangi mavsumdan boshlab klubning boshqa lavozimiga o‘tadi) va so‘nggi haftada OAV ikki nomni klub bilan bog‘lashdi: argentinalik Maurisio Pochettino va gollandiyalik Erik Ten Xag.
Maurisio bilan muzokaralar qanday kechganligi haqida ko‘p yangilik bo‘lmadi, ammo Ten Xag kuniga kamida bir marta yangiliklarning sarlavhasida porlabgina qolmay, balki butun «yangi mavsumda kimlarni jamoaga olib kelishi» haqidagi xabarlar ko‘paydi va hatto «qizil iblislar» rahbariyatiga «besh yillik rejasini» ham taqdim etdi.
«Manchester Siti»ning dahshatli rejasi
Agar siz «Manchester Siti» klubi bilan ozmi-ko‘pmi tanish bo‘lsangiz va uning egalari kimligini bilsangiz, «Palonchi futbolchi «Man Siti»ga o‘tishi mumkin» nomidagi sarlavhali xabarlar sizni ajablantirmasa kerak.
Bu hafta futbol insayderi janob Fabrisio Romano yozda «shaharliklar» safiga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilarning to‘liq ro‘yxatini taqdim etdi.
Kun Aguero bilan xayrlashgandan so‘ng «Siti» rahbarlari Xarri Keyn transferi borasida kelisha olmadi va hujumchi topish masalasi ularning ro‘yxatida birinchi o‘rinda qoldi. Nomzodlar tajribali futbolchilar hisoblanadi: Paulo Dibala, Joau Feliks va Erling Xoland.
Taxminlarga ko‘ra, De Bryuyne yarimhimoya chizig‘ida zerikib qolmaydi: xarid qilinadigan futbolchilar orasida hozirda Premyer-liganing eng yaxshi tayanch yarimhimoyachilaridan biri Deklan Rays, shuningdek, «Monako»dan Orelyen Tchuameni, «Sporting»dan Mateus Nunyes va «Bolonya»dan Mattias Svanberg.
Shuningdek, manchesterliklar bor etiborini chap qanot himoyachisi sotib olishga ham qaratdi. «Man Siti» «short-listi»dan joy olgan bu yigitlar haqida ko‘p eshitmagan bo‘lishingiz mumkin, ammo bir muncha vaqt o‘tgach, bu futbolchilar biz uchun «kashfiyot»ga aylanishi mumkin: «Kristal Pelas»dan Tayrik Mitchell, «Atletiko Paranayense»dan Abner Vinisius va «Bolonya»ning yana bir vakili - Aaron Xikki.
Pep Gvardiola faqat darvozabon pozisiyasini kuchaytirishni istamadi. Sababi ispan mutaxassisi Ederson, shuningdek, Zak Steffen va Skott Karson kabi darvozabonlar iqtidoriga shubha qilmaydi.
Levandovski «el-klasiko»da ishtirok etishi mumkin
Avvalroq polyak futbolchisining «Real Madrid»ga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan bo‘lsa, hozirda Mbappe va Xoland «qaymoqranglilar» uchun 1-raqamli variant ekani haqidagi gap-so‘zlar ko‘paymoqda. Ushbu xabarlar fonida Robert o‘zini «Barselona» libosi ostida sinab ko‘rmoqchi ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi vakillari hujumchining agenti Pini Zaxavining bilan ikki marta uchrashgan va muzokaralar ancha muvaffaqiyatli bo‘lgan. Zaxavi yanvar oyidan beri klub bilan mumkin bo‘lgan transfer borasida aloqada bo‘lib turibdi. Shuningdek, «Barselona» ham hujumchi haqida ko‘plab ma’lumotlar to‘plangan.
Levandovskining o‘zi endi Germaniyada qiladigan ishi, yutadigan sovrini qolmaganligini biladi. Chunki Robert «Bavariya» (va «Borussiya Dortmund») bilan mumkin bo‘lgan hamma narsani yutgan va karyerasida o‘zgarish qilishni istamoqda.
Ammo futbolchi 3 yillik shartnomani xohlamoqda («Bavariya» ham unga 2024 yilgacha amal qiladigan shartnomani bor-yo‘g‘i bir yilga uzaytirishni taklif qiladi), bu esa Robertning yoshini (33 yosh) hisobga olib, «ko‘k-anorranglilar»ga ma’qul kelmayapti. Ammo, shu bilan birga, Leva uchun «Barsa» salkam 100 million yevro (yoki undan ham ko‘proq) maosh to‘lashga tayyor.
Mbappe uchun barcha imkoniyatlar yaxshi
«Real Madrid» - Mbappe - «PSJ» futbol uchburchagi anchadan beri muhokama qilinmoqda. Ammo har safar bu hikoyada nafaqat yangi yo‘llar, balki qahramonlar ham paydo bo‘ladi.
Ulardan biri «Real Madrid» afsonasi — Zinedin Zidan. France Bleu nashrining xabar qilishicha, «Real» sobiq ustozi parijliklar bosh murabbiylik lavozimi uchun asosiy nomzod sanaladi. Poytaxt klubi rahbariyati anchadan beri Kilian Mbappeni o‘z jamoasida saqlamoqchi ekanligi haqida xabar qilinadi va manbalarning ta’kidlashicha, «PSJ»ning arab shayxlari Kilianni jamoada olib qolish uchun aynan Zidanning yordamiga tayanmoqchi. Hujumchining Parij klubi bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi va har ikki tomon (futbolchi va klub) uchun yakuniy qaror qabul qilishga kamroq vaqt qolmoqda.
Mbappening o‘ziga kelsak, hali ham yakuniy qarorni qabul qilmagan va bari-bir bu qarorning asosiy omili — maosh. Qayd etilishicha, «qaymoqranglilar» futbolchiga yiliga 30 million yevro taklif qilgan, o‘shanda Parij klubi ushbu «auksion»dagi foizlarni 2 mavsum uchun 150 millionga ko‘targan. Hujumchi «Real Madrid» taklifini oshirishini kutmoqda, ammo Madrid klubi rahbariyati «PSJ» taklif qilgan summadan ko‘proq bera oladimi? Qiziqarli javobga ega ajoyib savol.
Muxlislar hammasini serial kabi tomosha qilishmoqda. Ammo mish-mishlar bor, ammo hali hanuz aniq qaror qabul qilinmagan.