Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

"Andijon" klubi xo‘jayini futbolchilarni yanada ruhlantirdi

"Andijon" klubi xo‘jayini futbolchilarni yanada ruhlantirdi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, “Andijon” klubi bugun O‘zbekiston Kubogi doirasida Superliga vakili – “So‘g‘diyona”ga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlikni boshladi.

Kechki mashg‘ulotdan keyin esa jamoa qarorgohida iftorlik dasturxoni yozildi. Unda bevosita klub rahbari Jur’atbek Quvvatov ham ishtirok etdi.

Jamoa a’zolari bilan uchrashuv chog‘ida klub rahbari avvalo “Yangiyer” maydonida qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabrikladi. Shu bilan birga keyingi o‘yinlarda ham futbolchilardan yanada qat’iyat va katta ishtiyoq bilan g‘alaba uchun kurashishlarini so‘radi. Buning uchun o‘yinchilarni doimo moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlashini ham bildirdi.

Jur’atbek Quvvatov shu bilan birga oldinda turgan muhim o‘yinlar uchun beriladigan mukofot pullarining miqdorini ham ochiq e’lon qildi. Unga ko‘ra, “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi o‘yinda g‘alaba qo‘lga kiritiladigan bo‘lsa, futbolchilar uchun 15 million so‘m mukofot pulini va’da qildi. Shuningdek, 29 aprel kuni pro liga doirasida safarda “Turon” bilan bo‘lib o‘tadigan bellashuvda esa g‘alaba uchun 20 million so‘m miqdorida mukofot puli bilan rag‘batlantirilishi ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, oylik maoshlar bo‘yicha ayrim to‘planib qolgan qarzdorliklar ham reja asosida bartaraf etilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Bir so‘z bilan aytganda, jamoa a’zolarining ish haqi umuman qolib ketmasligi, bundan mutlaqo xavotirga tushmasligi ta’kidlandi. Bor kuch va mahoratlarini g‘alaba uchun sarflashlarini aytgan holda murabbiy va futbolchilarga to‘liq ishonishini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:01, 10.04.2022.
O'qildi: 1707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.