Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Xavi: "Qo‘shib berilgan daqiqalarda qo‘lga kiritilgan g‘alaba quvonchi o‘zgacha bo‘ladi"

Xavi: "Qo‘shib berilgan daqiqalarda qo‘lga kiritilgan g‘alaba quvonchi o‘zgacha bo‘ladi"

Baho:
+ | -

La Liga doirasida bo‘lib o‘tgan "Leventa" - "Barselona" (2:3) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin Xavi o‘z fikrlarini bildirdi.

"Ter Shtegn va Lyuk de Yong har doim mashg‘ulotlarda tinimsiz mehnat qilishadi. Ular bugun bizga katta yordam berishdi. 93-daqiqada g‘alaba qozonish ajoyib! Bugun birinchi bo‘limni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadik, lekin ikkinchi bo‘limda o‘zimizga keldik. Ikkinchi penaltini ter Shtegn qaytarganidan keyin jamoada o‘ziga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi.

- Darvozaga belgilangan uchta penalti haqida nima deysiz?

- Men bu vaziyatni yana qayta ko‘rishim kerakmi yoki yo‘qmi, bilmayman. Biz rivojlanishda davom etishimiz kerak, lekin jamoa oxirigacha kurashganidan xursandman va o‘zimizga ishonamiz. Lyuk o‘z imkoniyatidan ajoyib tarzda foydalandi va men u uchun xursandman.

Futbolchilarning o‘yinlari va qilgan ishlaridan juda mamnunman. Biz yaxshi o‘ynamadik, ammo g‘alaba qozondik" - dedi Xavi.

Kiritildi: 02:33, 11.04.2022.
O'qildi: 2440 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.