Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 0-0 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-0 Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Rummenigge: "Bavariya" yarim finalga yo‘l oladi"

Rummenigge: "Bavariya" yarim finalga yo‘l oladi"

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq bosh direktori Karl-Xayns Rummenigge jamoaning Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqishiga ishonmoqda.

Myunxen klubi turnirning 1/4 finali dastlabki o‘yinida «Vilyarreal» jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“O‘ylaymanki, «Bavariya» yanada oldinga boradi, chunki ular yaxshiroq. Qolaversa, o‘z maydonida - 70000 nafar muxlisi ko‘z o‘ngida o‘ynashadi.

Bu holatni avval ham ko‘rganman: 2015 yilda Pep Gvardiola qo‘l ostida chorak finalning birinchi o‘yinida «Portu»ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandik. Shundan so‘ng haqiqiy jang boshlandi. Javob o‘yinida esa «Alyans Arena»da 6:1 hisobida zafar quchdik. Bosim ba’zan foydali bo‘ladi, lekin, albatta, undan qochish maqsadga muvofiqdir.

Turinda bo‘lib o‘tgan «Vilyarreal» - «Yuventus» uchrashuvini tomosha qildim. Ular o‘yindan zavq olishni bilishadi. «Bavariya» birinchi daqiqalardan hujumga o‘tishi kerak. Yaxshiyamki safar goli tizimi bekor qilindi.

«Bavariya» yarim finalga yo‘l oladi", - dedi Myunxen klubining sobiq bosh direktori Tz nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 23:00, 11.04.2022.
O'qildi: 1181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик