Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Barselona» «Real»ni ortda qoldiradi va La Ligada g‘alaba qozonadi? Bu qanchalik haqiqat yoki fantastika?

«Barselona» «Real»ni ortda qoldiradi va La Ligada g‘alaba qozonadi? Bu qanchalik haqiqat yoki fantastika?

Baho:
+ | -

«Barselona» La Ligada ketma-ket 7 o‘yin o‘tkazdi. Bu bahslar davomida ular «Real» va «Sevilya» kabi La Ligadagi raqobatchilarini mag‘lub etdi va g‘alabali seriya boshlanishidan oldin «Atletiko»dan ham uch ochko olishni uddalagan edi. Ispaniyada chempionlik poygasining jonlanishi haqida gapira boshlashdi. Shu sabab bugun biz ham La Ligada bahorga kelib boshlangan chempionlik intrigasi haqida biroz fikr yuritishga qaror qiladik.

Xavi boshchiligidagi «Barselona»ning o‘yini tubdan o‘zgardi. Kataloniyaliklar «Atletiko», «Seviltya»ni mag‘lub etishdi va o‘shanda ham ko‘pchilik «ko‘k-anorranglilar»ga ishonmadi. Ammo Xavi shogirdlari muhtasham «Santyago Bernabeu»da «Real Madrid»ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etishdi. «Barselona» La Liganing ketma-ket yettita o‘yinida barcha jamoani mag‘lub etdi. Yaqinda kataloniyaliklar lageridan chempionlik uchun kurash haqida gaplar eshitildi. Xavi chempionlik uchun kurashadigan futbolchilarni tayyorlayotgani aytildi. Klub prezidenti Joan Laporta La Ligada g‘alaba qozonish istagi haqida ochiqchasiga gapirdi. Yaqinda «ko‘k-anorranglilar»ning sobiq yulduzi Ronaldinyo Xavi shogirdlari hali ham «Real»ga yetib olishlari mumkinligini aytdi.

Ha, matematik jihatdan kataloniyaliklarda imkon bor. Ammo baribir, rostini aytsak, bu fantastikaga o‘xshaydi. «Barselona» «Real»dan 12 ochko ortda qolmoqda! Zaxiradagi bitta o‘yin ham kataloniyaliklarning imkoniyatlarini unchalik oshirmaydi. Mavsum tugashiga 7ta o‘yin qolganida, madridliklar chempionlikni qo‘lga kiritish uchun 4ta o‘yinda g‘alaba qozonishi va yana bitta durang o‘yin o‘tkazishi kerakligi, ularning imkoniyatini oshiradi. Ispaniyada ochkolari teng bo‘lgan holda, o‘zaro o‘yinlar muhimroq bo‘lganligi sababli, agar ochkolar bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, kataloniyaliklar yuqoriroq o‘rinlarda bo‘ladi.

Shunday qilib, chempionlikni qo‘lga kiritish uchun «Barselona» barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishi va «Real Madrid»ning uchta mag‘lubiyatini kutishi kerak. Taqvimga nazar tashlasangiz, «qaymoqranglilar» uchun ikkita qiyin o‘yin bor – «Sevilya» va «Atletiko»ga qarshi safardagi bahs. «Qirollik klubi» yana qaysi jamoalarga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotadi - bu aniq emas. Shuningdek, Anchelotti shogirdlarining «Osasuna», «Espanyol», «Levante», «Kadis» va «Betis»ga qarshi o‘yinlar bor. Bu taqvimdagi jamoalar bilan o‘yinda 4 g‘alaba va 1 durangni qo‘lga kiritish juda osondek tuyuladi.

Bunga qo‘shimcha qilib qo‘yingki, «Barselona» uchun 8 ta o‘yindan 8 tasida g‘alaba qozonish qiyin bo‘ladi (ketma-ket 15 ta g‘alabaga!) Hech bo‘lmaganda San-Sebastyan safari va «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinlarda 100 foiz uch ochko kafolatlanmagan va bu o‘yinning aniq natijasini taxmin qilib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Xavi shogirdlarini «Malyorka», «Rayo Valyekano», «Betis», «Selta» va «Xetafe»ga qarshi muhim uchrashuvlar kutib turibdi.

«Barselona»da nafaqat bitta o‘yin ko‘proq, balki yana bir qiyinchilik bor ekanligini qayd etib o‘tish zarur. Gap shundaki, agar Ispaniyaning ikki top-klubi yevrokuboklar finaliga chiqsa, o‘z uchrashuvlarini turli vaqtlarda o‘tkazishadi. Yevropa Ligasining hal qiluvchi o‘yini La Liganing 37 va 38-turlar o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Chempionlar ligasi finali Ispaniya chempionati tugaganidan bir hafta o‘tib bo‘lib o‘tadi. Taqvimning o‘zgarishi ham kataloniyaliklar o‘yiniga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Shuning uchun «Barsa» muxlislari bu mavsumda chempionlikka jiddiy umid qilmasliklari kerak. «Barselona» La Ligada g‘alaba qozonishi uchun haqiqiy mo‘’jiza sodir bo‘lishi kerak. Kataloniyaliklar «Real»ga emas, pastki o‘rinlarga tushib ketmaslik haqida o‘ylashlari zarur. Sababi, «Sevilya»ning ochkolari soni «Barselona» bilan bir xil. Kataloniya klubidan «Atletiko» 3 ochko, «Betis» 4 ochkn, «Real Sosyedad» 6 ochko ortda qolmoqda. Ha, «Barselona»da bitta zaxira o‘yini bor, ammo baribir bu katta ustunlik bermaydi.

«Barselona» Ispaniya chempionatini «Real Madrid»dan biroz ortda qolishi mumkin, ammo baribir «qaymoqranglilar»ni quvib o‘tish mutlaqo qiyin masala.

Kiritildi: 16:11, 12.04.2022.
O'qildi: 6256 marta.
Fikrlar: 77 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик