Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Turkman millati faxri. Germaniyani zabt etish istagidagi - Azmun

Turkman millati faxri. Germaniyani zabt etish istagidagi - Azmun

Baho:
+ | -

Futbolchi Serdar Azmun 1995 yil 1 yanvarda Eronning Gombede Kavus shahrida tug‘ilgan va u yerda to‘qqiz yoshida professional futbol o‘ynay boshlagan. Azmunning birinchi klubi Isfahonda joylashgan "Sepaxon" edi. 15 yoshida Serdar Eron chempionati oliy ligasi o‘yinlarida ishtirok etish uchun asosiy jamoaga jalb qilina boshlangan edi. Serdarning muvaffaqiyatlari shunchalik hayratlanarli ediki, u 11 yoshida birinchi marta o‘z mamlakatining eng yosh yoshdagi terma jamoasiga chaqirilgan.

"Rubin"

Ikki yildan so‘ng Serdar Azmun Qozonning "Rubin" klubi bilan shartnoma imzoladi. Eslatib o‘tamiz, uning hamyurti darvozabon Aliriza Xagigi bir yildan buyon klubda to‘p surayotgandi. Ushbu shartnoma bilan Serdar boshqa davlatda o‘ynashni boshlagan birinchi eronlik yosh futbolchiga aylandi.

Azmunning debyuti 2013 yilning iyul oyida, Yevropa ligasi saralash bosqichida “Rubin” serbiyalik “Yagodina” bilan to‘qnash kelgan edi. Xuddi shu Yevropa musobaqasida u Norvegiyaning "Molde" jamoasiga qarshi o‘yinda samarali zarba yo‘llagandi va Qozon klubi uchun debyut golini kiritgan. Milliy chempionatda Azmun ilk o‘yindanoq o‘zini juda yaxshi ko‘rsatib, oktyabrdagi “Anji” bilan o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan. Serdar o‘sha o‘yinda gol kiritish bilan birga penalti belgilanishiga ham sababchi bo‘lgan.

Rostov”dagi muvaffaqiyat

Keyingi ikki mavsumda Serdar Azmunning jarohati asosiy tarkibga tushishiga to‘sqinlik qildi. 2015 yil qishda u “Rostov”ga ijaraga o‘tdi. Debyut qishki tanaffusdan keyingi birinchi o‘yinda Moskvaning "Lokomotiv" klubi bilan o‘yinda bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, ikkinchisida - Azmun yangi jamoasidagi ilk golini urdi. Ijara shartnomasi muddati tugagach, u “Rostov” bilan yana shartnoma imzoladi va 2015/2016 yilgi mavsumda Qurbon Berdiyevning asosiy jamoasining ajralmas futbolchisiga aylandi. Chiroyli o‘yin va hujumning birinchi chizig‘ida eronliklarni a’lo darajada tushunish evaziga "sariq-ko‘klar" milliy chempionat kumushini qo‘lga kiritdi.

Qozondagi mojaro va Azmunning eng yaxshi vaqti

Mavsum yakunida Serdar Qozon klubi joylashgan joyga qaytdi, biroq tayyorgarlik mashg‘ulotlari vaqtida rahbariyat ruxsatisiz klubni tark etib, o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etish uchun “Rostov”ga jo‘nab ketdi. Iyul oyida “Rubin” rahbariyati futbolchining noqonuniy harakatlari tufayli “Rostov” ustidan shikoyat qilgandi. Sud  Qozon klubinining e’tirozini rad etgani va hujumchiga nafaqat milliy chempionatda, balki “Rostov” Rossiya sharafini Chempionlar ligasida himoya qilishi kerak bo‘lgan asosiy Yevropa turnirida ham ishtirok etishga ruxsat bergani uchun Serdar Azmun “Rubin”ga qaytmagan.

Azmun uchun o‘sha mavsum shunchaki ajoyib o‘tdi. U Rossiya chempionatidagi ko‘plab raqiblari darvozasiga to‘p kiritdi, Chempionlar ligasida esa "Bavariya" va "Atletiko Madrid"ga qarshi o‘yinda Yevropa futboli gigantlari darvozasini ishg‘ol qildi. Mavsum oxirida u ko‘plab jamoadoshlari bilan bosh murabbiy Qurbon Berdiyevga ergashib, Qozonning "Rubin"iga yo‘l oldi.

Qozonliklar safida 1 mavsumda Serdar Azmun 40 o‘yinda maydonga tushib 9 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

“Zenit”dagi davr

2019 yilning 1 fevralida Azmun “Zenit” bilan 3,5 yil muddatga shartnoma imzoladi, transfer summasi 12 million yevroni tashkil qildi. U 12 fevral kuni Yevropa ligasi 1/16 finali doirasidagi "Fenerbaxche"ga qarshi birinchi o‘yinda (0:1) zaxiradan maydonga tushib, debyut qildi. 2019 yil 21 fevralda javob o‘yinida (3:1) u dastlab asosiy tarkibda maydonga tushib, Magomed Ozdoyevga golli uzatmani amalga oshirdi va ikkita gol urdi. 22 fevral kuni u Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2 mart kuni RPLning "Ural"ga qarshi safardagi debyut uchrashuvida Azmun asosiy tarkibda maydonga tushdi va g‘alaba golini kiritdi (1:0). 2018/19 yilgi mavsumda u Rossiya chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi. 2020 yil 19 avgust kuni Rossiya Premyer-ligasining 3-tur uchrashuvida “Zenit” SSKAni mag‘lub etdi. “Gazprom Arena” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Uchrashuvning 19-daqiqasida “Zenit” hujumchisi Serdar Azmun hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqada dubl qayd etib, jamoasiga 3 ochko keltirdi.

Azmun Rossiya Premyer-ligasida Vagner Lav bilan birgalikda eng yaxshi legioner to‘purar hisoblanadi.

2022 yilning 22 yanvarida “Bayer” Azmunni o‘z safiga qo‘shib oldi. Shartnoma 2027 yilgacha tuzilgan. 2022 yil 5 mart kuni futbolchi Bundesligada “Bavariya”ga qarshi o‘yinda debyut qildi.

Milliy terma jamoa

Serdar Azmun Eron terma jamoasida barcha yoshdagilar darajasida o‘ynay oldi, lekin eng katta muvaffaqiyatga 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasida erishdi. 2012 yilda Hamdo‘stlik kubogi deb nomlangan turnirda u 7 ta gol urib, eng yaxshi to‘purarga aylana oldi. Biroz vaqt o‘tgach, u hayotida birinchi marta mamlakatning asosiy jamoasiga chaqirildi. 2014 yilning may oyida Chernogoriya bilan o‘yinda ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida maydonga tushib, terma jamoadagi debyutini o‘tkazdi. Oradan olti oy o‘tib, nazorat o‘yinida terma jamoadagi ilk golini urdi. Bu safar Janubiy Koreya darvozasi ishg‘ol etilgan.

Azmun uchun birinchi jiddiy turnir 2015 yilgi Osiyo kubogi bo‘ldi. Anketaga kiritilgan futbolchi ilk uchrashuvlardanoq o‘zini eng yaxshi fazilatlarda ko‘rsatishga harakat qildi. Ikkinchi o‘yinda ham sheriklari bilan a’lo darajada munosabatda bo‘lib, u Qatar darvozasini ishg‘ol qildi va shu orqali o‘z mamlakati terma jamoasiga turnirning pley-off bosqichiga chiqishga yordam berdi.

2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida u guruh bosqichida jamoaning ajralmas futbolchisi bo‘lgan. Mundial tugashi bilanoq u onasining og‘ir kasalligi tufayli terma jamoadagi faoliyatini yakunlayotganini ma’lum qilgan edi.

Azmun haqida qiziqarli ma’lumot: U voleybolchilar oilasida tug‘ilgan. Otasi Xalil Azmun Eron terma jamoasi sharafini himoya qilgan, singlisi ham Eron voleybol jamoasida o‘ynagan, onasi esa voleybol murabbiyi. Azmunlar oilasi turkman millatiga mansub.

Serdar Azmun jahon turkmanlari gumanitar uyushmasi va Sankt-Peterburgdagi “Mekan” turkman madaniyati jamiyatining faxriy a’zosi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:14, 12.04.2022.
O'qildi: 2680 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.