"Barselona" prezidenti Joan Laporta yozda yuqori saviyali futbolchining Kataloniya klubiga o‘tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
“Bizda allaqachon super yulduz bor. Uning ismi Ansu Fati - biz uni tezroq qaytishini kutamiz", - deya Laportaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Oldinroq "Barselona" "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskini o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.