«Atletiko Madrid» yarim himoyachisi va sardori Koke jamoadoshi Antuan Grizmanni himoya qildi. Antuan Madrid klubiga qaytganidan keyin ham o‘zining oldingi barqaror o‘yinini qaytarib ololmayapti.
«Grizmanning qanday futbolchi ekanligini hamma biladi. U dunyodagi eng yaxshilaridan biri. U jahon chempionati g‘olibi, «Atletiko» bilan ham muhim natijalarga erishdi. Ertaga u uchun ham, barchamiz uchun ham juda muhim o‘yin bo‘ladi», - dedi Koke matbuot anjumanida.
Ertaga «Atletiko Madrid» Chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida «Manchester Siti»ga qarshi o‘ynaydi. Birinchi o‘yinda «matraschilar» safarda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishgan.