Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Chempionlar ligasining 1/4 finalida "Real"ning "Chelsi" ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng, hujumchi Vinisius Juniorning o‘yiniga baho berdi. Braziliyalik futbolchi "qirollik klubi"ning 2-goliga hammualliflik qildi.
"Vinisius Juniorning o‘rnida ko‘pchilik o‘yinchilar eng oson variantni tanlashadi: to‘pni jarima maydonchasi ichiga uzatish. Biroq, Vini yosh futbolchi bo‘lsa ham bosiqlik ko‘rsatdi. Bu uning yagona imkoniyati edi, lekin u to‘g‘ri qaror chiqardi", - deya Ferdinandning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.