Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Rangnik: "Faqatgina Ronalduga tayanib qolmasligimiz kerak"

Rangnik: "Faqatgina Ronalduga tayanib qolmasligimiz kerak"

Baho:
+ | -

Ralf Rangnik APLning 33-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Norvich" (3:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv haqida fikr bildirdi.

«Ikkita gol urib, vazifamizni osonlashtirishimiz kerak edi, ammo bu amalga oshmadi. Biz o‘yin strukturasini yo‘qotdik, yetarlicha tajovuzkor bo‘lmadik.

Biz aqlli harakat qilishimiz kerak edi, ammo hisob birdaniga 2:2 bo‘lib qoldi, keyin de Xea bizni qutqarib qoldi. Biz, albatta, o‘yin sifatini oshirishimiz kerak.

"Tottenxem"ga qarshi o‘yinda bo‘lgani kabi Ronaldu yana asosiy rolni o‘ynadi. Uning gollari oddiy emas, balki ajoyib ko‘rinish oldi. Lekin biz faqat unga umid qilmasligimiz kerak.

Ba’zida yaxshi o‘ynadik, lekin ba’zida o‘yinni sekinlashtirdik va qanotdan ko‘proq foydalanmadik. Shuningdek, himoyadagi o‘yinimiz umuman xursand qilmaydi.

Boshqa o‘yinlardagi natijalar quvonarli, ammo o‘z o‘yinimizni yaxshilash kerak bo‘lganda ularga qarashdan ma’no yo‘q”, - dedi “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi.

Kiritildi: 22:31, 16.04.2022.
O'qildi: 1875 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик