Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

US Open – 2021 chempioni Emma Radukanu qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi

US Open – 2021 chempioni Emma Radukanu qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi

Baho:
+ | -

US Open – 2021 chempioni, britaniyalik 19 yoshli tennischi Emma Radukanu Shtutgartdagi (Germaniya) mashg‘ulotda nima uchun «Tottenxem» futbolkasida fotosessiyada qatnashganini tushuntirdi. Suratga olish paytida Emma 10-raqamli futbolkani kiygan edi.

Radukanu Germaniyada WTA-500 toifasidagi turnirda ishtirok etadi. U birinchi davrada avstraliyalik Storm Sendersga qarshi bahs olib boradi.

«Mening jamoamning barcha a’zolari «Tottenxem»ning ashaddiy muxlislari hisoblanadi. Ular meni «yo‘ldan urmoqda» va meni ham bu bu jamoaga muxlislik qilishimga astoydil harakat qilmoqda. Men futbolni faol kuzatib bormayman, lekin hozir «Tottenxem» tufayli futbolga qiziqib borayapman. 

O‘tgan yili Yevropa chempionatini kuzatib, Angliya terma jamoasi sardori Xarri Keynning o‘yinlarini tomosha qilishdan zavqlanganman va men ham Son Xin Minning ashaddiy muxlisiman», - deya Radukanning so‘zlarini keltiradi WTA matbuot xizmati .

Kiritildi: 01:18, 19.04.2022.
O'qildi: 2163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.