Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Diyor Imomxo‘jayev: "Husayn Norchayev va Oybek Bozorov o‘yinni o‘zlariga olish kerak"

Diyor Imomxo‘jayev: "Husayn Norchayev va Oybek Bozorov o‘yinni o‘zlariga olish kerak"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Nasaf" yaxshi klub. Berdiyev jamoasi ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham mezbon saudiyaliklardan har jabhada ustun o‘ynadi. Ammo zamonaviy futbolda bu hali g‘alaba degani emas.

"Nasaf" uchun eng katta yo‘qotish Toshkentdan boshlangandi. Sezayotgan bo‘lsangiz, Sherzod Nasrullayevning o‘rni juda sezilmoqda. U himoyachi bo‘lishiga qaramay, hujumga rang-baranglik taqdim eta olardi. Bu bilan Alibek Davronov yaxshi o‘ynay olmayapti, degan fikrdan yiroqman. Aksincha, mana shu yosh yigitga qoyil qolish kerak. Ha, u tajribasiz. Ammo maksimum harakat qilyapti, ishtiyoq, tezlik bobida xursand qilayotgani ham rost. Katta futbolchiga aylanishi uchun unga vaqt kerak.

Men hozir boshqa ikki futbolchiga e’tibor qaratishni istardim — Husayn Norchayev va Oybek Bozorov. Chunki ular aynan 2022 yilda katta futbolchiga aylanishlari kutilgandi. Ammo bunday bo‘lmayapti. Ortda qolgan 4 ta uchrashuvda ular o‘yinni o‘zlariga ola bilishmadi.

Bu yerda murabbiyga biror narsa deb bo‘lmaydi. Chunki taktik jihatdan "Nasaf" barcha o‘yinlarda raqibidan yaxshiroq bo‘layotgani fakt, murabbiy ularga o‘ynash imkonini to‘laligicha beryapti. Gap faqatgina futbolchilarning individual mahoratida qolgan. Buning uchun esa ular o‘z ustida ishlashi kerak. Murabbiy ularning o‘rnida to‘pni to‘xtatib bermaydi, ularning o‘rnida mahorat ko‘rsata olmaydi, ularning o‘rniga maydonga tushishga haqli emas.

O‘zbekistonda Norchayev va Bozorov singari yuzlab umidli futbolchilar bo‘lgan. Ular shunchaki mashhur va umidli bo‘lib, o‘zimizning futboldagina nom chiqarib o‘tib ketishgan. Bu ikki yigit shundaylar safiga qo‘shilib qolmaslik uchun o‘z o‘yinlariga qo‘shishlari kerak. Chunki "Nasaf"ning muvaffaqiyati bugun aynan ularga bog‘liq bo‘lib turibdi. Katta futbolchilar shunday o‘yinlarda sinaladi. Katta futbolchilar hech bo‘lmasa biror o‘yinda burilish yasaydi. Istardimki, ular kelasi ikki turda jamoani shu vaziyatdan olib chiqishsin.

"Nasaf" xursand qilayotgan eng asosiy jihat — saviyamizni bir qadar yuqori ko‘rsatayotgani. Masalani tahlil qila olmaydigan ayrimlar har qanday mag‘lubiyatdan keyin darhol bolalar futboli yoki chempionat haqida gap ochadi. Aslida Superliga kuchsiz musobaqa emas. Shunchaki futbolchilar ham o‘z oldiga maqsad qo‘yishi, intilishi, o‘sishi, o‘z ustida tinmay ishlashi shart. Bugungi futbolga shu kerak. Taktik yoki boshqa taraflama esa shukrki, raqiblardan umuman ortda emasmiz.

"Nasaf"ga kelasi turlarda ham omad. Biz bu futbolchilarga muxlislik qilishda davom etamiz.

 

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 04:03, 20.04.2022.
O'qildi: 3100 marta.
Fikrlar: 42 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик