Osiyo Chempionlar ligasi rasmiy Instagram sahifasi musobaqaning ortda qolgan 4-tur o‘yinlaridan o‘zini ko‘rsatgan eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy jamoa tuzib chiqdi.
Quvonarlisi undan "Shabab Al-Ahli" sharafini himoya qilayotgan Aziz G‘aniyev ham o‘rin olgan. Futbolchimiz o‘tgan turda "Al-Garafa"ga qarshi o‘yinda (8:2) dubl qayd etgan edi.