Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Milan"ning yangi xo‘jayini tarkibga Lukakuni olib kelmoqchi

"Milan"ning yangi xo‘jayini tarkibga Lukakuni olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

«Chelsi» hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin.

Belgiyalik hujumchi joriy mavsum boshlanishidan oldin «Inter» klubidan «Chelsi»ga 113 million yevro evaziga o‘tgandi, ammo o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi. Shu sababli, "ko‘klar" Lukaku bilan xayrlashishga tayyor, ammo uni sotish uchun o‘tgan yilgi xarid uchun sarflangan mablag‘ni talab qiladi.

Goal nashrining xabar berishicha, Lukaku faoliyatini davom ettirish uchun eng real variantlardan biri bu - «Milan».

Ushbu transfer «Milan» klubi Investcorp jamg‘armasi tomonidan qabul qilingandan so‘ng amalga oshishi mumkin. Variantlardan biri - sotib olish varianti bilan Lukakuni uzoq muddatli ijaraga berish.

Bundan tashqari, belgiyalik futbolchining maoshining bir qismini «Chelsi» to‘lashda davom etishi mumkin.

Kiritildi: 00:24, 22.04.2022.
O'qildi: 2275 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик