Fransiya chempionatida doirasida bo‘lib o‘tayotgan «Sent-Etyen» – «Monako» uchrashuvi mezbonlar muxlislarining feyerverklar shousi tufayli to‘xtatildi.
Mezbonlar bo‘lim o‘rtalariga kelib o‘z maydonida 1:3 hisobida mag‘lub bo‘layotgandi.
«Sent-Eten» muxlislari feyerverklar yoqishni boshladi. So‘ngra «Joffrua-Gishard» stadionini tutun qoplana boshladi.
65-daqiqada bosh hakam Bastyen Deshepi o‘yinni to‘xtatishga qaror qildi. Taxminan 25 daqiqadan so‘ng o‘yin davom etdi.