Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti» hujumchisi o‘z pozisiyasiga raqobatchi kelishidan qo‘rqmayapti

«Manchester Siti» hujumchisi o‘z pozisiyasiga raqobatchi kelishidan qo‘rqmayapti

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

«Manchester Siti» hujumchisi Gabriel Jezus Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xolandning APLga kelishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Braziliyalik futbolchining aytishicha, agar norvegiyalik futbolchi qo‘lga kiritilsa, «Manchester Siti» kelajakda katta muvaffaqiyatlarga erishadi.

«U ko‘p fazilatlarga ega futbolchi, u juda kuchli, ko‘p gol uradi. Xoland haqiqiy to‘qqizlik futbolchi.

Agar u haqiqatan ham «Manchester Siti»ga o‘tsa, bu klub uchun katta muvaffaqiyat bo‘ladi», - deya braziliyalik hujumchining so‘zlarini keltiradi Marca.

Eslatib o‘tamiz, Britaniya matbuoti xabarlariga ko‘ra, Xolandning «Manchester Siti»ga kelishi Jezus klubni tark etishiga bog‘liq.

U o‘z pozisiyasiga raqobatchi kelishidan qo‘rqmayapti.

Kiritildi: 19:42, 25.04.2022.
O'qildi: 1338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик