Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Rossiya futbol ittifoqining UYEFAdan OFKga o‘tishi qanchalik haqiqat?

Rossiya futbol ittifoqining UYEFAdan OFKga o‘tishi qanchalik haqiqat?

Baho:
+ | -

Rossiya futbol ittifoqining UYEFAdan OFKga o‘tishi haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Umuman, bunga asos bor - geografiya. Konfederasiyani almashtirish masalasida ariza tushgan taqdirda, FIFA UYEFAning fikri bilan ham qiziqadi. Rozilik bildirilishi ehtimoli bor. So‘ngra ayni masalada OFK fikri so‘raladi. Mana shu yerda ovoz berish jarayonini kuzatish qiziq bo‘ladi. Yaponiya, Avstraliya, Taypey, Janubiy Koreya, Guam, Gonkong, Makao singari mamlakatlar siyosiy sabablarga ko‘ra, qarshi chiqishi mumkin. Kimdir JCH yo‘lida ortiqcha raqobatchini xohlamasligi mumkin. Umuman olganda, RFIda OFKga a’zo mamlakatlar qo‘llab-quvvatlashi natijasida, Kongress delegatlaridan 50 foizi ovozini olish imkoniyati yomon emas. Asosiy masala - bu RFIning o‘ziga kerakmi? OFKga o‘tish unchalik oson emas, UYEFAga qaytish esa yanada qiyinroq bo‘ladi.

***

- OFKga o‘tish orqali RFI jamoalarning rasmiy musobaqalardagi ishtirokini tiklash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ammo unutmaslik kerakki, OFKning navbatdagi Kongressi mayda o‘tkaziladi, shunday ekan, RFI konfederasiyani o‘zgartirish uchun ariza topshirishga ulgurmaydi.

Keyingi Kongress 2023 yilning yanvariga rejalashtirilgan. Hujjatlarni rasmiylashtirishga ulgurishsa, o‘sha yilning kuzida Rossiya klublarining ishtirokidan umid qilsa bo‘ladi. Aniqrog‘i, bu bitta turnir OFK kubogi bo‘lib, RPL chempioni bahslarga «pley-off»dan kirishadi. Klub reytingida Rossiya hisobida ball yo‘q ekan, yana qanday yo‘l tutish mumkin!?

Darvoqe, yana bir masala bor. RFI OFKning qaysi mintaqasidan joy oladi? Geografiya va siyosat nuqtai nazaridan qaraganda, rossiyaliklarga «Markaz» yengilroq bo‘ladi. Shunda OFK kubogida taxminan «Dordoy», «Xo‘jand», «So‘g‘diyona» va «Zenit» jamoalaridan iborat guruh vujudga keladi. Qisqa muddatda qilingan samarali ish kelgusida foyda keltirmasligi mumkin. Jahon futbolidan chetda qolmaslik uchun OFKga o‘tib, ke-yinchalik Osiyoda qolib ketish oqibatida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan ziyon darajasi ortib ketishi hech gap emas.

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 12:39, 26.04.2022.
O'qildi: 4143 marta.
Fikrlar: 309 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.