Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 15:00 Adelaida Yun. 3-0 Tay Po
17/09 15:00 Lion Siti Seylors 1-1 Pathum Yunayted
17/09 15:00 Matida Zelviya 2-0 Svay Rieng
17/09 17:15 Shanghai Shenhua 2-1 Tampines Rovers
17/09 17:15 Kitchi 0-0 Kangvon
17/09 17:15 Pnompen Kraun 2-1 Kuching Siti
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

OCHL. 9ta gol urilgan o‘yinda «Paxtakor» «At-Ta’vun»ni taslim etdi

OCHL. 9ta gol urilgan o‘yinda «Paxtakor» «At-Ta’vun»ni taslim etdi

Baho:
+1 | -

Osiyo chempionlar ligasi "D" guruhining so‘nggi turida "Paxtakor" Saudiya Arabistonining "At-Ta’vun" klubi bilan to‘qnash kelib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. G‘alabaning muhimligi nimadan iborat ekanini quyida bilib olasiz.

Mezbonlar o‘yinning 12-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Asosan yoshlar bilan o‘ynayotgan toshkenliklar esa tanaffusga qadar raqib darvozasiga naq 3 marta yo‘l topishdi.

Ikkita to‘p farqi bilan oldinga o‘tib olgan "Paxtakor" ikkinchi bo‘limda nisbatan xotirjamroq o‘ynay boshladi. Raqib esa bundan unumli foydalanib, 9 daqiqa ichida ikkita gol urdi va hisobni tenglashtirdi.

Shundan so‘ng Voyneski shogirdlari yana uyg‘onishdi va chiroyli kombinasiyalar orqali hujumlar tashkil eta boshlashdi. Dastlab Xolmatovning pasidan keyin Mirjahon Mirahmadov jamoasini oldinga olib chiqdi — 4:3. Ammo 83-daqiqada xitoylik referi "Paxtakor" darvozasi tomon penalti belgiladi. Amriy esa undan foydalanib, hisobni yana tenglashtirdi.

Paxtakorchilar uchrashuvda baribir g‘alaba to‘pini kiritishdi. Diyor Xolmatov burchakdan yetkazgan uzatmani Abbos Ergashboyev darvozaga joylab qo‘ydi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda ushbu futbolchining o‘zi oltinchi golni urishi ham mumkin edi. Ammo uning bosh bilan bergan zarbasidan so‘ng ustunga tegib, maydonni tark etdi.

Shu tariqa, "Paxtakor" guruh bosqichini 6 ochko bilan yakunladi. Ha, jamoa pley-offga chiqa olmadi. Ammo OFK koeffisiyentlar jadvalida O‘zbekiston uchun muhim ochkolarni keltirdi.

Bundan tashqari, "Paxtakor" "Nasaf"ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini keskin oshirdi. Qarshiliklar ertaga "Al-Vihdat"ga 3ta to‘p farqi bilan yutqazishmasa kifoya.

Osiyo chempionlar ligasi, "D" guruhi. 6-tur
"PAXTAKOR" — "AT-TA’VUN" - 5:4
Gollar: Abbos Fayzullayev (23), Azizbek Turg‘unboyev (31), Sardor Sobirxo‘jayev (32), Mirjahon Mirahmadov (78), Abbos Ergashboyev (86) — Yazid al-Bakr (14), Sumayhan Aynabit (51, 60), Al-Amriy (83-penalti)
Ogohlantirishlar: Fayzullayev (16), Xadjiyev (27), Sayfiyev (82), Azmiddinov (82), Mirahmadov (84), Turg‘unboyev (90+3) — Hassan Amriy (36), Navof as-Subhiy (72)
"Paxtakor": Quvvatov, Alijonov, Azmiddinov, Xadjiyev, Sayfiyev, Aliboyev, Sobirxo‘jayev, Fayzullayev (Xolmatov 69), Turg‘unboyev (Yoqubov 90+3), Erkinov (Ergashboyev 79), Mirahmadov.
"At-Ta’vun": Bag‘aviy, Yazid Bakir, Tariq Muhammad (Fahad Rashidiy 54), Luyindama, Motaz Havsaviy (Abdulmalik al-Oyayariy 67), Navaf Subhiy, Sumayhan Nabit, Rayan Musa, Mustafo Fathiy, Hassan Amriy (Faysal Muhamad 84), Tavamba.
Hakamlar:
Ma Ning, Shi Shiang, Kao Yi (Xitoy), Yansen Fu (Singapur).
Nazoratchi: Muhammad Juma (BAA).
Komissar: Mindu Dorji (Butan).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:18, 27.04.2022.
O'qildi: 6692 marta.
Fikrlar: 166 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик