Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Hakamlikni Mateudan o‘rganing! (video)

Hakamlikni Mateudan o‘rganing! (video)

Baho:
+ | -

«Atalanta» o‘z maydonida o‘tkazilgan «Leypsig»ga qarshi bahsda ancha qiynaldi - birinchi bo‘limdan so‘ng 0:1 hisobida yutqazayotgandi, raqib qarshi hujumini Kristofer Nkunku gol bilan yakunladi. Ikkinchi bo‘lim esa Germaniya jamoasi darvoza tomon yo‘llangan jarima zarbalari seriyasi bilan boshlandi.

Ten Kompeynersning dastlabki zarbasidan so‘ng to‘p jonli devorda turgan futbolchilardan birining qo‘liga tegdi - natijada jarima zarba tepiladigan nuqta darvozaga yanada yaqinlashdi. Ruslan Malinovskining urinishidan keyin dumaloq Dani Olmoning qo‘lini topdi. Uchrashuv bosh hakami Mateu Laos mazkur holatga darhol munosabat bildirdi - penalti yo‘q. «Atalanta» o‘yinchilari unga shikoyat qilishdi, lekin referi barchasini imo-ishoralar bilan ideal tarzda tushuntirdi. Qoyilmaqom pantomimani hatto ekran ortida o‘tirgan tomoshabinlar ham o‘sha zahoti tushunishdi.

Dastavval hakam qisilgan yelkasini siladi - u turgan pozisiyadan to‘p qisilgan yelkaga tekkanini ko‘rsatdi. Hushtak chalib, futbolchilardan xotirjamlikni saqlashni so‘radi. O‘zi esa VARdagi assistenti so‘zlarini tingladi, o‘sha vaziyatda namoyishkorona ishoralarni qildi. Futbolchilarga tinchlik saqlab, uzoqroqda turishlarini buyurdi. Keyingi harakat - monitor bilan bog‘liq, takroriy vaziyatni ko‘rgani bordi.

Laosni ekran yoniga chaqirishdi - baribir, bahsli vaziyat videoassistentda shubha uyg‘otdi. Ispaniyalik hakam epizodni 71 soniya tomosha qildi. So‘ngra yordamchilariga qarorini faol tushuntirdi - penalti qo‘yilmaydi. Keyin esa Malinovskiyga qo‘l bilan o‘yin uchun penalti belgilanmaslik sababi haqida gapirdi. Referining imo-ishoralaridan tushunish mumkinki, to‘p yelkaga qisilgan qo‘lga tekkan, ikkinchi qo‘l esa notabiiy holatda bo‘lgan. Murakkab vaziyat - hakamning tushuntirishi esa hech kimda savollar tug‘ilishiga yo‘l qo‘ymadi. Mateu - qahramon!

87-daqiqada Laos «Atalanta» darvozasi tomon penalti belgiladi - darvozabon Xuan Musso jarima maydonchasi ichida Nkunkuga nisbatan qo‘pollik ishlatgandi. Bu qarorga hech kim e’tiroz bildirmadi - 11 metrli nuqtadan jabrlanuvchining o‘zi aniq zarba yo‘llab, «dubl»ni nishonladi. «Leypsig» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi - Domeniko Tedesko jamoasi Yevropa Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi. Darvoqe, o‘tgan yilgi Chempionlar Ligasi finalini boshqargan Laos esa, joriy mavsum faqat asosiy yevrokubok finalida ishlash imkoniyatiga ega, zero har ikki yarim finalda ispan jamoalari bor.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 10:18, 28.04.2022.
O'qildi: 2511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик