Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 01:00 Vulverhempton 0-3 Nottingem Forest

Dilyaver Vaniyev: «Nasaf»ni pley-offga chiqqani bilan tabriklayman!

Dilyaver Vaniyev: «Nasaf»ni pley-offga chiqqani bilan tabriklayman!

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Pro liga 6-turi doirasidagi «Mash’al» – «G‘ijduvon» (5:0) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniyev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

– O‘yin haqida

– O‘zbekiston Kubogida «Qo‘qon-1912″dan qabul qilib olingan yirik hisobdagi mag‘lubiyat (0:4)dan so‘ng yigitlar bilan jiddiy gaplashib olgandik. Shu bois bugungi bahsga jiddiy ahamiyat qaratgandik. 0:0 bo‘lib turganda raqibda ham imkoniyatlar yuzaga keldi. Oldingi o‘yindan saboq chiqardik. Endi keyingi uchrashuvlarga hozirlik ko‘ramiz.

– Mikola Agapov 3 ta gol urdi. Futbolchini keyinroq zaxiraga oldingiz, balki oxirigacha imkoniyat berish kerakmidi…

– U yuqori darajali futbolchi. FIFA to‘g‘ri qarorga keldi. U kelgandan keyin jamoaga katta yordam bermoqda. O‘zgarish qilganimizga sabab u yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi, yosh futbolchiga imkon berishga qaror qildik, bu normal holat.

– «Mash’al» Kubok uchrashuvida «G‘ijduvon» bilan 0:0 o‘ynagandi. Shundan kelib chiqsak, asosiy e’tibor chempionatga qaratilganmi?

– O‘sha o‘yindan qoniqmagandim. Rotasiya ham bo‘lgandi. Bugungi va o‘sha o‘yin o‘rtasidagi farqni birinchi urgan golimiz yo‘qqa chiqardi. Oldinga intilishda davom etamiz.

Fursatdan foydalanib, «Nasaf»ni pley-offga chiqqani bilan tabriklayman! Bu O‘zbekiston uchun katta reyting natija keltiradi.

Manba: "Машъал" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 22:13, 28.04.2022.
O'qildi: 1533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.